РУ
O’Z
UZS
/
/
Bolalarni taʼtilga yuborish uchun ajoyib yechim: Toshkent viloyatidagi oromgohlar
18.07.2024

Bolalarni taʼtilga yuborish uchun ajoyib yechim: Toshkent viloyatidagi oromgohlar

Bolalarni taʼtilda yuborish uchun ajoyib yechim: Toshkent viloyatidagi oromgohlar

Oʻzbekistonda iyul oyi chilla davri hisoblanadi. Bunday jaziramada kattalar tez-tez togʻga chiqib dam oladi. Uyda oʻtiradigan bolajonlarni esa oromgohlarga joʻnatishadi. “Toping.uz” Toshkent viloyatidagi eng mashhur va qulay narxlarga ega boʻlgan oromgohlar roʻyxatini tuzib chiqdi.

Oqtosh

Foto: Instagram / @oqtosh_dol_official

Oqtosh bolalar oromgohi Ichki ishlar vazirligi huzurida tashkil etilgan, shuning uchun ota-onalar bolalarning xavfsizligidan xavotirlanmasa ham boʻladi. Yoʻllanma asosan xizmatchilarning bolalariga beriladi, sotib olish ham mumkin.

  • Bolalar yoshi: 7-14 yosh
  • Sahifalar: Instagram, Telegram
  • Narx: bir smena uchun 3 500 000 soʻm
  • Manzil: Boʻstonliq tumani Oqtosh aholi punkti

Anor

Foto: Telegram / @anor5smena

10 gektar maydonda joylashgan oromgoh hududida asrlar davomida oʻsib kelayotgan daraxtlar mavjud. Yetakchi va tarbiyachilar har kuni bolalar va oʻsmirlar uchun turli xil mashgʻulotlar tashkil etadi.

  • Bolalar yoshi: 7-14 yosh
  • Sahifalar: Instagram, Telegram
  • Narx: bir smena uchun 3 200 000 soʻm
  • Manzil: Boʻstonliq tumani Dumaloq qishlogʻi

Sokol

Foto: Telegram / @sokoluz

Bolalar bu oromgohda uch qavatli binolarda 4-6 kishilik xonalarda yashaydi. Kun davomida darslar va toʻgaraklar bilan birga sport musobaqalari ham uyushtiriladi. Jazirama issiqda toza suvli ikkita basseynda choʻmilish mumkin.

  • Bolalar yoshi: 7-15 yosh
  • Sahifalar: Instagram, Telegram
  • Narx: bir smena uchun 2 900 000 soʻm
  • Manzil: Boʻstonliq tumani Hojikent qishlogʻi (xarita)

West Camp

Foto: Telegram / @wc_official

Chet tillarini oʻrgatishda moslashtirilgan oromgoh koʻplab ota-onalarning sevimli manziliga aylanib bormoqda. Kunboʻyi bolalar jismoniy va aqliy mashqlar bajaradi. Kechqurun esa turli shoulardan bahramand boʻlishadi.

  • Bolalar yoshi: 6-16 yosh
  • Sahifalar: Instagram, Telegram
  • Narx: bir smena uchun 3 299 000 soʻm
  • Manzil: Parkent tumani Hisorak qishlogʻi (xarita)

Konstruktor

Foto: Telegram / @konstruktor2023

Oʻzbekistondagi eng yoshi katta oromgohlardan biri 1968-yilda ishga tushirilgan. Uning boshqa lagerlardan farqi kunboʻyi 6 mahal ovqatlanish mumkin. Mashgʻulotlar esa barcha oromgohlar dasturi bilan bir xil.

  • Bolalar yoshi: 6-16 yosh
  • Sahifalar: Instagram, Telegram
  • Narx: bir smena uchun 2 500 000 soʻm
  • Manzil: Boʻstonliq tumani Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi (xarita)

Happy Summer

Foto: Telegram / @hsc_official

Chet tillarini oʻrgatishga ixtisoslashgan yana bir oromgoh. Bolalar kunning birinchi yarmida ingliz tili mashgʻulotlarida qatnashadi, tushlikdan soʻng miriqib dam oladi. Sharhlarga koʻra, oromgoh oʻqituvchilari til darslarida koʻp yillik tajribaga ega.

  • Bolalar yoshi: 6-16 yosh
  • Sahifalar: Instagram, Telegram
  • Narx: bir smena uchun 3 490 000 soʻm
  • Manzil: Boʻstonliq tumani Burchmulla qishlogʻi (xarita)

Eslatma. Narxlar koʻrsatilgan vaqtdagina dolzarb hisoblanadi. Roʻyxatda bir smena (11-12 kun) uchun hisoblangan eng qimmat narxlar keltirilgan. Batafsil maʼlumot olish uchun oromgoh maʼmuriyati bilan bogʻlanishni tavsiya etamiz.