/
/
“Boshqotirma 2” tarixdagi eng koʻp daromad keltirgan filmlar oʻnligiga kirdi
02.08.2024

“Boshqotirma 2” tarixdagi eng koʻp daromad keltirgan filmlar oʻnligiga kirdi

 Sikvel 1,524 milliard dollar yigʻib, reytingda oʻninchi oʻrinni egallagan. Film Shimoliy Amerikada 618,8 million dollar, xalqaro hududlarda esa 905 million dollar daromad keltirgan.

“Boshqotirma 2” filmi tarixdagi eng koʻp daromad keltirgan oʻnligiga kirdi

Pixarʼning “Boshqotirma 2” multfilmi “Qasoskorlar”ni ortda qoldirdi va tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan filmlar roʻyxatiga qoʻshildi. Sikvel 1,524 milliard dollar yigʻib, reytingda oʻninchi oʻrinni egallagan.

Film Shimoliy Amerikada 618,8 million dollar, xalqaro hududlarda esa 905 million dollar daromad keltirgan. 2012-yilda chiqarilgan “Qasoskorlar” filmi “Boshqotirma 2” filmi ham 1,521 milliard dollarga ega edi.

Avvalroq “Boshqotirma 2” rasman “Muzyurak 2” filmini ortda qoldirib, tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion filmga aylangandi. Oʻzbekistonda ham multfilm bir qator yirik kinoteatrlarida bir oydan koʻproq namoyish etildi.