Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Botir Qodirov toʻylarda Sherali Joʻrayevning toʻngʻich oʻgʻli deb tanishtirilmoqda
14.09.2024

Botir Qodirov toʻylarda Sherali Joʻrayevning toʻngʻich oʻgʻli deb tanishtirilmoqda

Botir Qodirov toʻylarda Sherali Joʻrayevning toʻngʻich oʻgʻli deb tanishtirilmoqda

Xonanda Botir Qodirov otalikni belgilash boʻyicha sud ishida yutib chiqqandi. Endilikda u toʻy va bazmlarda marhum sanʼatkor Sherali Joʻrayevning katta oʻgʻli sifatida tanishtirilmoqda.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan toʻylardan birida xonanda Botir Qodirov marhum sanʼatkor Sherali Joʻrayevning toʻngʻich oʻgʻli deb tanishtirildi.

Toʻyda boshlovchilik qilgan qiziqchi, soʻz ustasi Avaz Oxun Botir Qodirovni davraga taklif qilar ekan, uni Oʻzbekiston xalq artisti, sohirnafas xonandaning farzandi deya tanishtirgan.

Oʻz navbatida, Qodirov toʻyda Joʻrayevning bir nechta mashhur taronalarini ijro etgan. Sanʼatkor avvalroq Qodirov familiyasini Joʻrayevga almashtirmasligini, hammasi oʻz oʻrnida qolishi aytgan.

Eslatib oʻtamiz, 11-sentyabr kuni Botir Qodirov Sherali Joʻrayevning oʻgʻli ekani sud tomonidan rasman tasdiqlangandi. Ammo Joʻrayevning farzandlari Shohjahon va Zohirshoh bu maʼlumotni rad etishini aytib, sudga apellyatsiya berishini bildirgan.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.