РУ
O’Z
UZS
/
/
Bugun qanday kun: 2-iyulda nishonlanadigan bayramlar
01.07.2024

Bugun qanday kun: 2-iyulda nishonlanadigan bayramlar

Bugun qanday kun: 2-iyulda nishonlanadigan bayramlar

2 iyul – O‘zbekiston davlat gerbinig qabul qilingan kuni, shu bilan birga, sport jurnalistlarining xalqaro bayrami hisoblanadi. Ko‘p yillar oldin Parijda uning sharafiga Ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi yaratilgan bo‘lib, unda dunyoning 130 mamlakatidan kelgan mutaxassislar ham bor edi. 2 iyulda yana qanday bayramlar nishonlanishi haqida batafsil aytib o‘tamiz. 

2 iyulda nishonlanadigan bayramlar: 

Butunjahon G‘UO (G’ayrioddiy uchuvchi obyekt) kuni yoki ufolog – professional ravishda o‘zga sayyoraliklarga ishonadigan odamlar kuni.

2-iyulda nishonlanadigan ushbu bayramda ijtimoiy tarmoqlarda ikki tomon – uchuvchi likopchalar va G‘UO mavjudligiga ishonadiganlar hamda Yer yuzida o‘zga sayyoraliklar borligiga shubhalanadiganlar bilan bahslasha boshlaydilar. Sizchi, qaysi tomondasiz? 

Syurprizlar kuni

Syurprizlarni yoqtirmasangiz ham, bu bayramda yaqinlaringiz uchun yoqimli syurpriz qilishni taklif etamiz. Kichik sovg‘a, to‘shakda nonushta yoki kun bo‘yi maqtovlar. Ishoning, bularning barchasi albatta yoqimli syurpriz bo‘ladi! 

Butunjahon it kuni 

Agar sizda to‘rt oyoqli do‘stingiz bo‘lsa, unda 2-iyulda nishonlanadigan ushbu bayram nafaqat u uchun, balki siz uchun ham haqiqiy bayramdir. Toshkentdagi uy hayvonlari do‘koniga tashrif buyurib, vafodor kuchugingiz uchun yangi jilov, mazali maxsus ovqat yoki chiroyli ichimlik idishini sotib olish uchun yaxshi sabab. Yoki itingiz uchun maxsus – bayramona va sog‘lom tort tayyorlab bering. 

Malinali chizkeyk kuni 

Ushbu bayramni klassik chizkeyk va uning barcha turlarini yaxshi ko‘rib iste’mol qiladigan AQShlik shirinlik sevuvchilar ixtiro qilgan. Agar uyda malina hosilidan qolgan malinalaringiz bo‘lsa ulardan ajoyib yozgi chizkeyk tayyorlash juda yaxshi fikr bo‘ladi. 

Unsiz malinali chizkeyk retsepti 

Masalliqlar 

Chizkeyk asosi uchun:

Shakarli pechenye – 220 gr

Sariyog‘ – 110 g 

“Nachinka” uchun:

Tvorogli pishloq – 450 g

Shakar – 100 g

Tuxum – 2 dona

Yangi malina – 100 g (yoki 160 g muzlatilgan)

33% li qaymoq – 100 ml

Jo‘xori kraxmali – 15 g

Tayyorlanishi:

  • Avval malinali pyure tayyorlab olamiz. Buning uchun yangi malinani (yoki muzlatilgan) vilka yoki blender bilan ezib olamiz. Mayda urug‘lari qolmasligi uchun elakdan o‘tkazib olamiz.
  • Asosini tayyorlashga o‘tamiz. Pechenyelarni o‘qlov yoki blender bilan urvoqlab, unga eritilgan sariyog‘ni qo‘shib, aralashtiramiz.
  • Tayyor bo‘lgan asosni pech qolipiga (18-20 sm) sal devorlariga chiqarib joylaymiz.
  • Urvoqli asosni pechga (160 daraja) qo‘yamiz va 10 daqiqa davomida pishirib olamiz. Keyin xona haroratida sovutamiz.
  • Nachinkani tayyorlaymiz. Pishloq, kraxmal va shakarni aralashtirib, so‘ng tuxumni  birma-bir qo‘shib, har biridan keyin yaxshilab aralashtiramiz.
  • Endi aralashmaga malina pyuresi va qaymoqni qo‘shib, yana aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan nachinkani asos ustiga tekis yoyamiz.
  • Pechning pastki qismida qaynoq suv solingan pech listini, chizkeykni esa panjarali list ustiga qo‘yamiz. 50-60 daqiqa davomida pishiramiz (tayyor chizkeykning o‘rta qismi biroz qimirlaydigan holda bo‘lishi kerak).
  • Pechni o‘chirib, eshigini biroz ochiq holda 30 daqiqaga qoldiramiz. Shundan so‘ng, uni kamida 4 soatga, yaxshisi esa bir kechaga sovutgichga qo‘yamiz. Dasturxonga tortishdan oldin chizkeykni malina bilan bezatamiz. Nonushta uchun ajoyib g‘oya.

2 iyulda kimlar tug‘ilgan?

  • Pyer Karden – fransuz moda dizayneri va “Pierre Cardin” moda uyining yaratuvchisi. Kardenni eng buyuk kutyurye, moda olamida innovator va “kosmos” trendining yaratuvchisi deb atashadi.
  • Lindsi Lohan – “Yomon qizlar”, “Jinnicha Juma kuni” va boshqa komediyalardagi rollari uchun sevib qolganmiz.
  • Margo Robbi – Gollivuddagi eng mashhur aktrisalardan biri va “Barbi” filmining yulduzi. O‘ziga yarashib turadigan blond sochli Robbi afsonaviy qo‘g‘irchoq roli uchun yaratilganga o‘xshaydi.
  • Rayan Myorfi – amerikalik suzuvchi va toʻrt karra olimpiya boʻyicha jahon chempioni.