Bugun qanday kun: 2024 yil 23 iyunda nishonlanadigan bayramlar
23 iyun – BMTning davlat xizmatchilari va Xalqaro muhandis xotin-qizlar kuni. Bugun boshqa unutilmas sanalar ham nishonlanadi. Taqvimni izlab, ba’zi qiziqarli bayramlarni topdik.
2024 yil 23 iyunda nishonlanadigan bayramlar Xalqaro
Olimpiya kuni
23 iyunda ushbu bayramning asosiy xususiyati dunyoning barcha mamlakatlarida ommaviy marafon musobaqalarini tashkil etishdir. Agar siz hali ham yugurishni odat qilmagan bo‘lsangiz, unda hech bo‘lmaganda piyoda yuring.
Pushti rang kuni
23-iyun yakshanbada Edit Piafning “La vien rose” (“Pushti rangli hayot”) qo‘shig‘i sadolari ostida hayotning barcha jozibasini his qilishingizni taklif etamiz. Pushti atmosferaga to’liq sho‘ngishingiz uchun pushti rang kiyim kiyib, shu rangda manikyur yoki makiyaj qilishingiz mumkin. “Barbikor” uslubi 2024 yil yozining hali hanuz trendi hisoblanadi!
Pekan yong‘oqli pechenye kuni
Yakshanba kuni oilangizni nima bilan ko‘nglini olishni bilmasangiz, ularga mazali pishiriq tayyorlab berishni taklif qilamiz. Shu o‘rinda e’tiboringizga yong‘oqli pechenye retseptini havola etamiz. Aynan pekan yong‘oqlari emas, balki o‘zingiz yoqtirgan yong‘oq qo‘shib tayyorlashingiz mumkin.
Pekan yong‘oqlari va shokolad kukuni qo‘shilgan pechenye retsepti:
Masalliqlar (16 taga):
- Sariyogʻ – 70 g
- Oq shakar – 50 g
- Jigar shakar – 70 g
- Tuxum – 1 dona
- Un – 140 g
- Razrixlitel – 7 g
- Pekan yong‘og‘i – 30 g (+ bezak uchun yana biroz)
- Sutli shokolad – 50 g
Tayyorlanishi:
- Avval, yong‘oqli yog‘ni tayyorlab olamiz. Buning uchun sariyog‘ni o‘rta olovda eritib olamiz. Qaynab chiqqunicha doimo aralashtirib turamiz va yengil jigar rang bo‘lishini kutamiz.
- Tayyor jigar rang yog‘ni mikser idishiga solib, sovutgichga qo‘yamiz. U biroz yumshoq, qotmagan bo‘lishi kerak.
- Yog‘ni ikki turdagi shakar bilan uramiz, tuxumni qo‘shib, yana uramiz.
- Alohida idishda un va razrixlitelni aralashtiramiz. Quruq aralashmani tuxum-yog‘ massasiga qo‘shamiz va bir xil holatga kelguncha aralashtiramiz.
- Maydalangan pekan yong‘og‘i va shokoladni qo‘shamiz va yana aralashtiramiz.
- Pergament to‘shalgan patnosga qoshiq yordamida (yoki qo‘llaringiz bilan) xamirni dumaloq shaklda joylashtirib chiqamiz.
- Har bir pechenyening markaziga pekan yong‘og‘ining yarimini bosib joylayamiz.
- Pechenyelarni 175 darajada 15 daqiqa davomida pechda pishirib olamiz. Tayyor!
Xafagarchiliksiz kun
“Xafa bo‘lgan o‘ziga zolim” deb bekorga aytishmagan. Shunday ekan, keling, bugungi 23-iyunni xafagarchiliksiz va yengil qalb bilan oʻtkazaylik. Shuni ham aytish kerakki, bu juda yaxshi mikro-odat – bunday odat hayotingizni albatta, yaxshi tomonga o‘zgartiradi.
Maxfiy xabarlar kuni
Bugungi kunda munosabatlaringizga romantika qo‘shishni taklif qilamiz. Buning uchun qimmatbaho sovg‘alar kerak emas, qalb izhoringiz yozilgan kichik xat berish kifoya. Romantik komediyalarda shunga o‘xshash narsalarni albatta ko‘rgansiz.
23 iyunda kimlar tug‘ilgan
- She’rlari parchalangan qalbning malhami sanaladigan rus shoirasi – Anna Axmatova. Aytgancha, shoiraning hayoti Oʻzbekiston bilan mustahkam bogʻliq bo‘lgan: Axmatova 1941-1944 yillarda Toshkentda yashagan, hatto unga “Toshkent gullab-yashnamoqda” sheʼrini bagʻishlagan.
... Mangu olqish nuriga shoyon
Ul seryulduz aziz go‘shani
Va qirqkokil juvonlar shodon
Allalagan chaqaloqlarni
Unutmagayman.
- Valeriy Meladze. Agar siz yakshanba oqshomida musiqa pleylistiga Rossiya estradasining oldingi xitlarini qo‘shishni istasangiz, Meladzening eng sara qo‘shiqlarini kiritishingiz mumkin. Tug‘ilgan kun sohibiga bu albatta yoqqan bo‘lardi!
- Zinedin Zidan. Buyuk futbolchi va jahon chempioni ham 23 iyunda dunyoga kelgan. Futbol o‘ynash yoki Yevro-2024 o‘yin jadvalini bir qarab olish vaqti kelganga o‘xshaydi.
- Frensis MakDormand. Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan aktrisa va “Ko‘chmachilar zamini” filmining yulduzi. Vaqtingiz bo‘lsa, shu dramani tomosha qiling, agar yoqmasa, 2023 yilning eng yaxshi filmlar ro‘yxatiga o‘tib, o‘tgan yilda mashhur bo‘lgan filmlardan birini tomosha qiling.