/
/
Bugun qanday kun: 3-iyulda nishonlanadigan bayramlar
02.07.2024

Bugun qanday kun: 3-iyulda nishonlanadigan bayramlar

3-iyulda Kubada rang-barang va har yili o‘tkaziladigan Chiroqlar bayrami, Belarusiyada Mustaqillik kuni, AQShda esa shokoladli vaflilar tug‘ilgan kun sharafiga uglevodli va shirin nonushta tayyorlashadi. Bugun – 3-iyulda yana qanday qiziqarli bayramlar borligi bilan tanishib chiqamiz. 

Bugun qanday kun: 3-iyulda nishonlanadigan bayramlar

Do‘stlik kuni 

3 iyulda do‘stlaringiz bilan yig‘ilib, “arxivlar” – eski rasmlarni ko‘rib chiqish, birgalikda o‘tkazgan sarguzashtlarni eslash va yangilarini rejalashtirish uchun ajoyib sanadir. Shahar tashqarisiga kechki sayohat, tabiat qo‘ynida yoki Toshkentning yozgi terassalariga chiqishning ayni vaqti. 

“Quyoshdan uzoqlashish” kuni 

3 iyulda bu bayramni Toshkentda bir hafta davomidagi (va butun O‘zbekiston bo‘ylab) ob-havo va quyoshning harorati bashoratlari bilan to‘laqonli nishonlab bo‘lmaydi. Ammo siz masalan, SPF kremini ikki qatlam surtish, panama/beysbolka kiyish va iloji boricha soyada vaqt o‘tkazish kabi hiylalardan foydalanishingiz mumkin. 

Kondisionerga minnatdorchilik bildirish kuni 

Bu bayram oldingi bayram bilan birga nishonlanadi. Agar uyingizda (yoki ofisda) kondisioneringiz bo‘lsa, shu moslamani yaratgan insonni qilgan ixtirosi uchun minnatdorchilik bildirib, uning ostida imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazing. 

Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni 

Bugun uyingizdagi paketlar solingan paketdan qutulish, supermarket kassalari yonidagi va bozordagi plastik paketlardan voz kechib, ko‘p marta foydalaniladigan sumkalarga e’tibor qarash kuni desak ham bo‘ladi (bunday sumkalar juda yoqimli ko‘rinishga ega va hatto 2024-yil yoz trendlari ro‘yxatida). 

O‘z aksini maqtash kuni 

Agar anchadan beri o‘zingizni maqtamagan bo‘lsangiz, shu kundan boshlab o‘zingizni ko‘proq maqtashga so‘z bering. 3-iyul bayrami sharafiga oynaga qarang va o‘z aksingizga qanchalik zo‘r va chiroyli ekanligingizni ayting. 

2-iyulda kimlar tug‘ilgan?

  • Frans Kafka – faylasuf, nemis yozuvchisi va har bir kitobxon o‘qishi kerak bo‘lgan mashhur “Jarayon” kitobining muallifi.
  • Tom Kruz – aktyor, rejissyor, prodyuser va “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmining yulduzi. Shuningdek, u Gollivudning eng badavlat kishilaridan biri.
  • Liza Oliviya Mann. “Temir odam”, “X-odamlar: Apokalipsis” filmlarining yulduzi va shunchaki chiroyli aktrisa.
  • Sebastian Vettel – germaniyalik musobaqa poygachisi, toʻrt karra “Formula 1” boʻyicha jahon chempioni.