Bugun qanday kun: 30-iyunda nishonlanadigan bayramlar
30-iyunda dunyo bo‘ylab Iqtisodchilar kuni, shuningdek, tanga uloqtirish bayrami nishonlanadi. Bizning fikrimizcha, bu bayramlar bir kunda nishonlanishi bejizga emas. Biz albatta pulni behuda sarflashni maslahat bermaymiz (moliyaviy xatolarni tuzatish va tejashni o‘rganganingiz yaxshiroq), ammo tanish iqtisodchini tabriklab qo‘yganingiz ma’qul. Bunday tanishlarning bo‘lgani yaxshi! 30-iyun taqvimida yana qanday bayramlar nishonlanishini ko‘rib chiqamiz.
Butunjahon ijtimoiy tarmoqlar kuni
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p vaqt o‘tkazish uyat emas: YouTube’dagi barcha videolarni tomosha qiling, Instagram’dagi barcha postlarga layk bosing va Direct’dagi xabarlarga javob bering.
Asteroid kuni – BMT
30-iyun – astronomiyani yaxshi ko‘radigan hamda umuman olganda abadiy va cheksiz narsalar haqida o‘rganishni yaxshi ko‘radiganlar uchun ajoyib bayram. Bu bayram aynan shu kuni nishonlanishiga 1908 yil shu kunda Yer sharimizga “Tunguska” meteoriti qoʻngan.
Meteoritni kuzatish kuni
Bu ham yuqorida aytib o‘tgan sabab tufayli nishonlanadigan yana bir bayram. Agar Toshkent va unga yaqin shaharlarda meteor yomgʻiri yogʻishi kutilmayotgan boʻlsa, u holda yulduzlarni tomosha qilish mumkin. Bu esa uchrashuvlar uchun bitta zo‘r g‘oya.
Xalqaro “Seylor Mun” kuni
30-iyunda bo‘lib o‘tadigan ushbu bayram esa animening barcha muxlislari hamda bolaligi va 90-yillarning multseriallarini sog‘inganlar uchun ajoyib bayramga aylanadi.
Liboslar kuni
2024 yilning moda trendlari asosida kiyinishning vaqti keldi! Yoz – obrazingizni o‘zgartirish uchun eng yaxshi vaqt. Nafaqat ob-havoga, balki moda bo‘yicha ham kiyinishni unutmang.
30-iyunda kimlar tug‘ilgan:
- Mayk Tayson. Amerikalik bokschi va ogʻir vazn toifasi bo‘yicha mutlaq jahon chempioni.
- Lizzi Kaplan. Gollivud aktrisasi va “Yomon qizchalar” komediyasining yulduzi. Shuningdek, u “Ustasi faranglar-2”da rol o‘ynagan. Dam olish kunlarida tomosha qilish uchun ajoyib film.
- Alisa Voks. “Leningrad” guruhining sobiq solisti bo‘lib, uning “Eksponat” (labutenlar haqidagi) qo‘shig‘i ko‘pchilikka yod bo‘lgan.