РУ
O’Z
UZS
/
/
Bugun qanday kun: 4-iyulda nishonlanadigan bayramlar
03.07.2024

Bugun qanday kun: 4-iyulda nishonlanadigan bayramlar

Bugun qanday kun: 4-iyulda nishonlanadigan bayramlar

4-iyul butun dunyoda bayramlardan dam olish kuni sifatida nishonlansa-da, bo‘shashmaslikni taklif qilamiz. Axir bugun ham bir talay bayramlar bor. Ulardan biri “Alisa mo‘jizalar mamlakatida”ning yubiley bayrami: 4 iyul kuni yozuvchi Lyuis Kerroll ushbu hikoyani ilk bor qiziga aytib bergan. Bugun yana qanday bayramlar nishonlanishini tanishtirib o‘tamiz.

4-iyul – bayramlar: 

Ko‘rinmaslik kuni 

O‘zingiz bilan yolg‘iz vaqt o‘tkazish va qalbingiz to‘ridagi ichki ovozingizni tinglash uchun kamdan-kam imkoniyat: kamroq ijtimoiy tarmoqlarda bo‘ling, odamlar bilan kamroq muloqot qiling. Agar zerikib qolsangiz, smartfonda inkognito rejimi haqidagi maqolamizni o‘qib, ko‘rinmaslik qo‘llanmamiz bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

Jekfrut kuni 

Jackfrut (yoki hind non daraxti) eng ekzotik mevalardan biri bo‘lib, dunyodagi eng katta meva hisoblanadi. Uning uzunligi 110 santimetrga, og‘irligi esa 30 kg gacha bo‘ladi! Uning ozuqaviyligi ham o‘lchamiga yarasha. 

“Sezar” salati kuni 

Yevropa oshxonasining har qanday restorani (va hatto fast-fud restoranlarida) menyusida mavjud bo‘lgan dunyodagi eng mashhur salatlardan biri. Agar bugun kechki ovqat uchun nima pishirishni bilmasangiz, bayram sharafiga shu salatni tayyorlang. Bizda esa “Sezar” salatining qomatingizga zarar yetkazmaydigan PP retsepti mavjud. 

PP “Sezar” retsepti 

Masalliqlar (2 ta porsiya uchun):

  • 250-300 gr Aysberg salat bargi
  • 200 g qaynatilgan tovuq filesi
  • 10 dona pomidor cherri
  • 20 gr parmezan pishlog‘i
  • 2 dona tuxum oqi
  • Oq non bo‘laklari (tost)

Qaylasiga: 

  • 5 osh qoshiq tabiiy yogurt
  • 1,5 choy qoshiq xantal
  • Sarimsoqpiyoz tishchasi
  • 2 osh qoshiq limon sharbati
  • 30 gr parmezan pishlog‘i

Tayyorlanishi: 

–Salat bargini qo‘lda bo‘lib olamiz, pomidor, tovuq filesi va tuxum oqini to‘g‘rab olamiz. Tayyorlagan qayla bilan aralashtiramiz. Salatni ustidan suxarilar qo‘shib, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq sepib, bezatamiz. 

Kantri-musiqa kuni

Kantri so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “country” – shahar cheti, qishloq kabi ma’nolarni bildiradi, kantri-musiqa ham shunday shahar chetiga monand sokin va gitara talqinida bo‘ladi. Bugun esa shu bayram sharafiga kantri-musiqani o‘z pleylistingizga qo‘shib tinglab ko‘rishni maslahat beramiz. Yoqmasa, doim sevib eshitadigan “sevimli xitlar”ingizga qaytaverasiz.

Arxitektor kuni

Arxitektor kuni AQShda 4-iyulda nishonlanadi, ammo biz ham bu bayramga qo‘shilsak hech kim qarshi bo‘lmaydi. Agar sizda arxitektor tanishingiz bo‘lsa, tabriklab qo‘ying. Bayram munosabati bilan O‘zbekistonning arxitekturasi/diqqatga sazovor joylarini tomosha qiling, ishoning, bu tinchlantiradi. 

4-iyulda kimlar tug‘ilgan? 

  • Frunzik Mkrtchyan – sovet komediyalarining yulduzi. Uni ko‘pchilik “Mimino” filmidan eslaydi.
  • Jyustin Brezas-Bushe — fransiyalik biatlonchi, ko‘p karra jahon chempioni.
  • Horas Grant — amerikalik basketbolchi, 4 karra NBA chempioni.