Bugun qanday kun: 7-iyulda nishonlanadigan bayramlar
7-iyul – Sharqiy slavyanlar taqvimida g‘ayrioddiy: bog‘ qo‘riqchisini yoqish, gulxan ustidan sakrash va o‘z yorini qidirish kabi urf-odatlarga ega bo‘lgan bayram. Shu bilan birga, Yaponiyada Milliy muhabbat bayrami va Yulduzlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bugun – 7-iyulda yana qanday ahamiyatli kunlar va bayramlar to‘g‘ri kelishini ko‘rib chiqamiz.
Global kechirim so‘rash kuni
Kechirim so‘rash har doim ham oson emas, lekin u har qanday munosabatlarda vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi. Bugun esa buni iloji boricha ekologik jihatdan qulay va hatto bayramona qilish mumkin. Yaqinda soʻzingiz yoki amalingiz bilan xafa qilib qo‘ygan kishiga qoʻngʻiroq qiling yoki yozing, sizni xafa qilganlarni esa kechiring. Bu amal psixoterapiya kabi ishlaydi.
Butunjahon Suahili kuni
BMT tomonidan 3 milliondan ortiq odam so‘zlashadigan Suahili xalqi (Afrika qit’asi aholisi) tili sharafiga tashkil etilgan bayram. Bu bayram Tanzaniya va Keniyada rasmiy ravishda nishonlanadi. Balki Suahili tilida salomlashishni oʻrgansakmikan? Kim biladi, balki kerak bo‘lib qolar.
Psixosomatik kasalliklarga qarshi kurash kuni
Asablar, stress va yomon his-tuyg‘ular sog‘liqqa bevosita ta’sir ko‘rsatadi, psixosomatik kasalliklarga olib keladi. Charchoqlar tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ruhiy kasalliklarni oldini olish uchun, keling, bugungi kunni hech narsani o‘ylamay, tashvishlanmay o‘tkazamiz. Hech bo‘lmaganda profilaktika chorasi sifatida.
Makaron kuni
Italiya oshxonasi muxlislari va bolalarga ushbu bayram albatta yoqadi. Tushlik uchun o‘zgacha sousli mazali makaron pishiring. Agar farzandingiz faqat makaron iste’mol qilsa, tashvishlanmang, bu unchalik qo‘rqinchli emas va odatiy holdir.
7-iyulda kimlar tug‘ilgan?
- Ringo Starr – Britaniya musiqasi tarixidagi eng mashhur guruh – “The Beatles”ning do‘mbirachisi.
- Toto Kutunyo – qo‘shiqchi, kompozitor va qachonlardir Italiyaning eng sevimli erkagi.
- Janna Aguzarova – sovet qo‘shiqchisi, nafaqat musiqada, balki o‘sha davr modasida ham “o‘zga sayyoralik” uslubining namoyondasi.