BYD Yangwang U9: yangi superkar narxi va texnik xususiyatlari
BYD Yangwang U9 elektromobilini taqdim etdi va superkarlar allaqachon avtosalonlarga yetib borganini maʼlum qildi. Mashina toʻrtta elektr dvigatel bilan jihozlangan va 375 km/soat tezlikka erisha oladi.
BYD Yangwang U9 superkarlari avtosalonlarga yetib kelganini rasman eʼlon qildi. Ushbu salonlar Xitoyning turli shaharlarida, jumladan Chendu, Sian, Chanshu, Ninbo, Guanchjou va Shenchjen joylashgan.
Yaqin kunlarda U9 Syamen, Suchjou, Pekin, Shanxay, Xanchjou, Chjenchjou, Szinan va Uxan kabi shaharlarda ham paydo boʻladi. Yangwang U9 superkari 375,12 km/soat tezlikka erishgandi. Bu eng yuqori natijadir.
U9 umumiy quvvati taxminan 1300 ot kuchiga ega boʻlgan toʻrtta elektr dvigatel bilan jihozlangan. Uning uzunligi 4966 mm, kengligi 2029 mm, balandligi 1295 mm, gʻildirak bazasi 2900 mm. Superkar uchta rangda mavjud: kumushrang, siyohrang va metalrang.
30-avgustdan 8-sentyabrgacha boʻlib oʻtadigan Chendu avtosalonida Yangwang oʻzining barcha modellarini sahnada namoyish etadi. Yangi elektromobilning narxi taxminan 234 ming dollarni tashkil qiladi. Sotish avgust oyining oxirigacha boshlanadi.