Chamadoningizga kerakli hamma narsani joylashga yordam beradigan 20 ta tavsiyalar
Aytaylik, samolyotda qo‘l yuki sifatida bitta chamadonga ruxsat bor. Siz esa unga iloji bo‘lsa, butun bir shkafni joylamoqchi bo‘lasiz. Kichik chamadonga qanday qilib ko‘p narsa joylash bo‘yicha tavsiyalar beramiz.
Avvalo narsalarni ro‘yxat qilishdan boshlaymiz. Unga eng kerakli minimum narsalarni kiritamiz. Maqolaning oxirida bu haqida batafsil to‘xtalib, sayohat uchun narsa yig‘ish bo‘yicha asosiy qoidalar haqida ham aytib o‘tamiz.
Hozir esa ro‘yxat tayyor va barcha narsalar oldingizga qo‘yilgan deb tasavvur qilib, ularni joylashni boshlaymiz.
Chamadonning pastki qismiga og‘ir va yo‘lda kerak bo‘lmaydigan narsalarni, yuqori qismiga esa yengil narsalarni joylang.
Agar o‘zingiz bilan qo‘shimcha kichik sumka olib ketayotgan bo‘lsangiz, uni ham ustiga qo‘yishingiz mumkin.
Paypoqlarni poyabzalingiz ichiga qo‘ying. Oyoq kiyimlarni o‘zini esa paketga yoki maxsus oyoq kiyim qopchalariga alohida soling va sumkaning chetlariga qo‘ying.
Kiyimlarni rulon shaklida mahkam o‘rang.
5. Vakuumli paketlardan foydalaning. Ularda hatto katta hajmdagi kurtkalar ham kam joy egallaydi.
6. Taxlangan kiyimlarni organayzerga soling, bu chamadonda hamma narsa tartib bilan joylanishini va kerakli narsani oson topishni ta’minlaydi.
7. Kiyimlaringiz g‘ijim bo‘lmasligi uchun maxsus paketdan foydalaning.
8. Ichki kiyimingizni ham rulon shaklida o’rang.
9. Kremlar va balzamlarni kichik idishchalarga soling. Shampun, dush geli, sovunni o‘sha yerdan sotib olasiz.
10. Kosmetikaning faqat sayohatga olib yurishga mo‘ljallanan va probnik versiyalarini olishga harakat qiling.
11. Kosmetikani bitta katta paketga solgandan ko‘ra, bir nechta zip paketchalarga solgan ma’qul.
12. Quvvatlovchi moslamalar, quloqchinlar, kabellar boshqa narsalar orasida yo‘qolib qolmasligi uchun ularni maxsus penalda saqlash yaxshiroqdir. Istasangiz o‘zingiz bir qulay organayzerni yasab olishingiz ham mumkin.
13. Taqinchoqlar va boshqa kichik aksessuarlarni ko‘zoynak yoki sovun idishiga soling. Ularni yopishqoq plyonkaga ham o‘rab olish mumkin.
14. Kerakli dori-darmonlarni ortiqcha qutilaridan bo‘shatib, shikastlanishidan himoya qiladigan qattiq penalga soling.
15. Agar o‘zingiz bilan kamar olib ketayotgan bo‘lsangiz, uni chamadonning atrofiga yoki halqa shaklida o‘rab, ko‘ylakning yoqasiga joylash ham mumkin. Shunda u o‘z shaklini yo‘qotmaydi.
16. Og‘ir va katta narsalarni ustingizga kiyib oling.
17. Nozik va sinishi mumkin bo‘lgan buyumlarni sumkaning markaziga qo‘ying.
18. Agar shisha idishda biror kichik narsani olib ketayotgan bo‘lsangiz, uni paypoq ichiga soling.
19. Chamadondagi barcha bo‘sh qolgan joylarni: burchaklar yoki katta narsalar orasini mayda narsalar bilan to‘ldiring.
20. Eng zarur va qimmatli narsalarni, shu jumladan pul, kalitlar, texnika jihozlari va birinchi yordam to‘plamini chamadonda emas, balki ryukzak yoki kichik sumkada saqlang.
Ushbu maslahatlarga rioya qilsangiz ham, mo‘jiza yuz bermaydi – butun shkafni chamadonga joylashtira olmaysiz. Shuning uchun ro‘yxat tuzganda hamma narsani inobatga olish kerak bo‘ladi.
“Skyscanner” ro‘yxat tuzishda quyidagi kerakli narsalarni olishni maslahat beradi. Demak, olishimiz kerak bo‘lgan narsalar ro‘yxati quyidagicha:
1. Hujjatlar va pul mablag‘lari.
2. Texnik vosita va gadjetlar.
3. Qulay sayohat uchun kichik foydali narsalar.
4. Gigiena vositalari va kosmetika.
5. Kiyim-kechak va oyoq kiyimlar.
6. Birinchi yordam to‘plami.
7. Bola uchun narsalar (ixtiyoriy).
8. Sovg‘alar va suvinerlar.
Tavsiyalarga rioya qilgan holda, ushbu yuqoridagi ro‘yxat bo‘yicha olib ketadigan narsalaringizni yozib chiqing.
- Aniq kerak bo‘ladigan narsalarni oling.
- Boshqa kerakli narsalarni joyida sotib olishingiz mumkin.
- Doimiy ishlatadigan narsalarni yengilroq varianti bilan almashtiring.
- Kosmetik vositalaringizni kichik idishchalarga solib oling.
- Ko‘p joy olmaydigan poyabzal oling.
- Garderobingizda barcha tepa qism kiyimlaringiz pastki kiyimlar bilan mos keladigan qilib tanlab oling.
- Ko’proq neytral va amaliy rangli kiyimlarni oling, chunki ular boshqa kiyimlar bilan yaxshi moslashadi.
- Turli texnik jihozlarni olsangiz, ularning barchasiga to‘g‘ri keladigan universal quvvatlovchi vosita olishga harakat qiling.
- Uzoq safarga ketayotgan boʻlsangiz ham, o‘zingiz bilan ikki haftalik narsalarni olib keting. Shularni o‘zi yetarli bo‘ladi.
- O‘zingiz bilan olib ketadigan dorilarning shifokor yozib bergan retseptini ham oling.
- Yig‘gan narsalaringizni kamaytirishni iloji yo‘qdek tuyulsa, ro‘yxatni yana bir ko‘zdan kechirib, sayohatda ishlatmasa ham bo‘ladigan narsalarni istisno qiling.
Sayohat uchun kerakli narsalarni yig‘ishning asosiy qoidasi: agar ma’lum bir narsaning kerakligiga shubha qilsangiz, uni uyda qoldiring.
Ingliz tilidagi video: