РУ
O’Z
UZS
/
/
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
26.09.2024

Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi

Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi

Buxoro shahri chekkasida Buxoro davlat universiteti uchun yangi kampus quriladi. Xiva shahridagi temiryoʻl vokzali yonida yoʻl oʻtkazgich barpo etiladi. Prezidentga ijtimoiy va iqtisodiy loyihalar haqida axborot berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentyabr kuni qurilish, taʼlim, turizm va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Yigʻilishda qayd qilinishicha, Chirchiq daryosining 6 kilometrga yaqin qismida dam olish hududi barpo etiladi. Buning uchun qirgʻoqlar tartibga keltirilib, koʻkalamzorlashtiriladi. Mehmonxona, sogʻlomlashtirish va koʻngilochar maskanlar quriladi.

UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 2025-yilda Samarqand shahrida oʻtkaziladi. Taqdimotda ushbu tadbirga tayyorgarlik hamda rejalar toʻgʻrisida axborot berildi. Xususan, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, UNESCO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Samarqand shahridagi madaniy meros obyektlarini asrash, ular boʻylab sayohatlar va koʻrgazmalar tashkil etish choralari koʻrilayotgani taʼkidlandi.

Buxoro shahrining chekkasida Buxoro davlat universiteti uchun yangi kampus qurish rejalashtirilmoqda. 43 gektarda loyihalashtirilayotgan majmuada barcha fakultetlar, maʼmuriyat, yotoqxonalar, laboratoriyalar, kutubxona, stadion, sport zali va amfiteatr joylashadi. Dars va amaliyot uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi. Yotoqxona oʻrni 3 mingtadan 6 mingtaga oshadi. Boʻsh maydonlarga daraxt ekilib, bogʻ barpo etiladi.