РУ
O’Z
UZS
/
/
Dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
02.08.2024

Dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2-7 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 8-10 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat asosan kechalari 24-26 daraja, kunduz kunlari 37-39 daraja boʻladi.

Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.

Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

3—4-avgust kunlari havo harorati asosan kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 40-42 darajagacha boʻladi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2-7 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 8-10 metr/sekundgacha kuchayadi.

Harorat asosan kechalari 24-26 daraja, kunduz kunlari 37-39 daraja boʻladi.