/
/
Dam olish kunlarida Toshkentda konsertlar boʻlib oʻtadi
10.08.2024

Dam olish kunlarida Toshkentda konsertlar boʻlib oʻtadi

Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida mashhur sanʼatkorlar, blogerlar, kino va teatr aktyorlari hamda estradaning yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etiladi.

Dam olish kunlarida Toshkentda konsertlar boʻlib oʻtadi

Toshkent shahrida 10-11-avgust kunlari “Milliy party” konsert dasturlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, mashhur sanʼatkorlar, blogerlar, kino va teatr aktyorlari hamda estradaning yorqin yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etiladi.

Konsert jadvali quyidagicha:

  • 10-avgust kuni soat 20:00 da — Yakkasaroy tumani “Pushkin” xiyoboni;
  • 11-avgust kuni soat 20:00 da — Yashnobod tumanidagi ulkan bayroq.

Vazirlik butun poytaxt ahli va mehmonlarini ushbu koʻngilochar dasturlarga taklif qilgan. Taʼkidlanishicha, konsertlarga kirish bepul boʻladi.