Dam olish kunlariga yaqin havo keskin soviydi. O‘zbekistonda haftalik ob-havo haqida ma’lumot beramiz va har kun uchun 7 ta obrazni taklif qilamiz
Toshkent va O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ob-havo ancha o‘zgarib, bizga haqiqiy “kuzgi yoz”ni sovg‘a qilishga qaror qildi. Bu hafta “O‘zgidromet” juda qulay va hatto issiq havoning qaytishini va’da qilmoqda – haftaning o‘rtasida O‘zbekiston poytaxtida havo harorati +28 darajaga yetishi mumkin. Yozgi ko‘ylaklarni yig‘ishtirib qo‘yishga shoshilmang – bu oxirgi imkoniyatdan foydalanib, Masha har kun uchun 7 ta obraz yaratdi. Ilhomlaning va doim jozibali bo‘ling!
Toshkentda haftalik ob-havo
7-oktabr
Haftaning boshida Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarda ob-havo muloyim bo‘lishi kutilmoqda. Yomg‘ir yog‘maydi, kunduzi havo harorati +25 darajaga yetishi mumkin. Havo hali to‘liq isinib ulgurmagan vaqtda yengil va milliy kiyimlar kiyish istagi tug‘iladi. Masalan, Teplo Store mahalliy brendidan ipakli ikat bunday ob-havoga juda mos keladi.
8-oktabr
Seshanba kuni Toshkentda yana ham issiqroq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati +27 darajaga yetadi, shamol esa pasayadi va bizga yoz qaytgandek tuyuladi. Bu juda yaxshi, chunki 2024-yilgi trend – yarim shaffof “longsliv”, bazaviy top va yengil kroshe-shim kiyish mumkin. Oddiy va zamonaviy.
9-oktabr
Haftaning o‘rtasida termometr ustunlarida yana bir darajaga ko‘tariladi – O‘zbekiston poytaxti +27 darajagacha qizishi mumkin. Bunday havoda terlab ketmaslik uchun eng sevimli ko‘ylagimizni kiyib olish kerak. Mashaning sevimlisi – ipak, vintaj va fuksiya rangli ko‘ylakdir. Ham kamtarona, ammo shu bilan birga bu yorqin ko‘ylak ishga, bazmga va kunlik kiyishga mos.
10-oktabr
Payshanba kuni Toshkentda yozgi issiqlikning so‘nggi qaytishi kuzatiladi: +28, biroz bulutli. Bu esa iyun/iyul/avgust oylarida kiyishga ulgurmangan liboslarni kiyish uchun ajoyib fursat. Mashaning bu obrazidagi tanlovi – “abadiy yashil” gullar bilan bezatilgan uzun ko‘ylak. Trendlardan ortda qolib bo‘lmaydi: unda asosiy rang – sariyog‘ rangdagi kiyimlarni kiyish tavsiya qilinadi.
11-oktabr
Juma kuni O‘zbekistonda havo sovib, +26 darajaga tushadi, quyosh esa bulutlar ortiga yashirinadi. Yomg‘ir yog‘maydi, shuning uchun xavotir olmang. Haftaning oxiri – obrazlarning turli xillarini sinab ko‘rish uchun noyob imkoniyat: masalan, to‘y obrazida. Mashaning tanlovi bu safar kengish fonar shaklidagi yenglar va volanlar bilan bezatilgan ko‘ylak. Bu kelinmi yoki pirojniymi?
12-oktabr
Shanba kuni tashqarida havo keskin sovuq bo‘ladi – Toshkentda +20, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Pledga o‘ranib, uyda qolishga shoshilmang. Masha allaqachon pushti obersayz sviter, ikkinchi qo‘ldan olingan gul naqshli yubka va Zara zamsh kazak botinkalarida nonushtaga jo‘nab ketdi. Dizaynerimiz ushbu suratda tasodifan ularni qirqib qo‘yibdi.
13-oktabr
Yakshanba kuni Toshkentda o‘sha +19 daraja, yomg‘irli va quyoshsiz kun. Shunday bo‘lsa ham, biz 10 ming qadam yurish maqsadida sayrga chiqamiz va o‘zimiz bilan issiqroq kiyim va soyabon olishni ham unutmaymiz. Paxtali shim, krossovkalar (Mashada “Converse”), sevimli futbolka va erkaklar garderobidan olingan “Hugo Boss” pidjagi. Aksessuar sifatida doim qo‘llaniladigan gullarni, sumka yoki kuchukcha bilan almashtirish mumkin.