/
/
Diora Usmonova oʻgʻliga sovgʻa qilingan Gelik narxini aytdi
02.08.2024

Diora Usmonova oʻgʻliga sovgʻa qilingan Gelik narxini aytdi

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Diora Usmonova oʻgʻliga Mercedes-Benz G-class toifasiga mansub avtomobilning kichraytirilganini variantini sovgʻa qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bloger holatga aniqlik kiritdi.

Diora Usmonova oʻgʻliga sovgʻa qilingan Gelik narxini aytdi

Taniqli tadbirkor, inflyuenser Diora Usmonova oʻgʻliga tugʻilgan kuni munosabati bilan oʻyinchoq elektromobil sovgʻa qildi.

Koʻpchilik bu sovgʻa Mercedes-Benz zavodida buyurtma asosida tayyorlanadigan noyob avtomobil deb taxmin qildi. Blogerning oʻzi holatga izoh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, bu oddiy elektr oʻyinchoq hisoblanadi. Faqatgina uning hajmi boshqalarga nisbatan biroz katta. U kattaroq yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan.

Dioraning aniqlik kiritishicha, elektromobil Xitoyda ishlab chiqarilgan. Unga oʻrtacha kuchlanishga ega akkumulyator oʻrnatilgan. Ushbu oʻyinchoq narxi 3 ming dollar hisoblanadi.