08.10.2024
                                            
                    
                Discord Rossiyada rasman taqiqlandi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Mahkamov Humoyun
                                                                        2023-yilda gʻayriqonuniy maʼlumotlarni oʻchirmaganligi uchun sud kompaniyaga 6 million rubl miqdorida jarima tayinladi.
Roskomnadzor Rossiya hududida Discord xizmati taqiqlanganini maʼlum qildi. TASS xabar berishicha, bu qaror Rossiya qonunchiligining talablari buzilgani bilan bogʻliq.
Ilgari RKN xizmatdan turli xil gʻayriqonuniy materiallar joylashtirilgan 947 ta sahifani oʻchirishni talab qilgan. Discord idoraning barcha talablarini bajarmadi va kontentning bir qismini saqlab qoldi.
Bundan tashqari, 2023-yilda gʻayriqonuniy maʼlumotlarni oʻchirmaganligi uchun sud kompaniyaga 6 million rubl miqdorida jarima tayinladi — messenjer sud qarorini eʼtiborsiz qoldirdi.
 
             
         
         
        