/
/
Diyora Keldiyorova Zeekr 007 sovgʻa qilindi
16.08.2024

Diyora Keldiyorova Zeekr 007 sovgʻa qilindi

Dzyudo boʻyicha Parij Olimpiadasi gʻolibi Diyora Keldiyorova Toshkent shahridagi qurilish kompaniyasi rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Unga narxi 40 ming dollardan yuqori boʻlgan Zeekr 007 elektromobili hadya qilingan.

Diyora Keldiyorova Zeekr 007 sovgʻa qilindi

Parij Olimpiadasi chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorovaga Koç Group qurilish kompaniyasi rahbariyati qimmatbaho avtomobil sovgʻa qildi.

Unga 15-avgust kuni bir guruh muxlislari qurshovida yangi avtomobil kaliti topshirilgan. Ushbu marosim bir qancha nashrlarda ham keng yoritildi.

Diyora Keldiyorova bir yoʻla ikki marta oʻzbek sporti tarixiga kirgan. U dzyudo sporti boʻyicha oltin olgan ilk sportchi va birinchi oʻrinni qoʻlga kirgan ilk ayol boʻldi.

Parij Olimpiadasi gʻoliblariga prezident tomonidan ham bir qancha sovgʻalar, jumladan, Tahoe avtomobili, 200 ming dollar va poytaxtdan 2 qavatli kottej berilgan.