РУ
O’Z
UZS
/
/
Dizayner Yoxanna Landbodan kichik xonadonni jihozlash bo‘yicha 15 ta layfhak
16.07.2024

Dizayner Yoxanna Landbodan kichik xonadonni jihozlash bo‘yicha 15 ta layfhak

Dizayner Yoxanna Landbodan kichik xonadonni jihozlash bo‘yicha 15 ta layfhak

Daniyalik interyer dizayneri Yoxanna Landbo g‘oyalari bo‘yicha kichik “qutida” yashashdan charchaganlar uchun ajoyib tavsiyalar. 

Kichik xonadonni ta’mirlash, shuningdek, uni tartibga solishi ko‘pchilikning yuragini ortga tortadi. Ammo Kopengagen markazidagi kichik studiyada yashaydigan va hatto uni katta uyga o‘zgartirishni istamaydigan daniyalik dizayner va bloger bu gapga qo‘shilmaydi. 

Landboning fikricha, uning “uyasi” – jannatmakon rohat-farog‘at va qulaylik makonidir va bunga 15 ta layfhak yordamida erishish mumkin. 

Hajm illyuziyasi

Narsalar qancha kam bo‘lsa, joy shuncha ko‘p bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsin, keraksiz narsalar hatto katta xonadonni ham vizual kichraytiradi. Koridorda polga sochilib yotgan oyoq kiyimlar, shuningdek, stullarning orqa tomonida ilingan kiyim uyumlari xonani kichkina ko‘rsatadi.

Agar kichik kvartirangiz maydonini kengaytirishni istasangiz, unda har bir kerakli narsa uchun joy topishingiz kerak, qolgan keraksizlaridan esa qutulganingiz ma’qul. Kam narsali xona hajm illyuziyasini yaratadi. 

Eshik ortidan unumli foydalaning

Xonalararo eshiklar ortidagi joy kichik xonadonda joy tejash bo‘yicha haqiqiy najotdir. Eshiklar orqasiga oddiy ilgichlarni o‘rnatib, ularga sumkalar va sharflar kabi aksessuarlarni osib qo‘yish xonani tartibga keltirishning ajoyib usuli hisoblanadi. 

Devorlar o‘rniga derazalar

Hamma devorni ham deraza bilan almashtirish mumkin emas, ammo agar siz studiya-kvartirangizni ta’mirlamoqchi boshlasangiz, unda ushbu yechim sizga yordam berishi mumkin. Masalan, Yoxanna eski zavod derazalarini sotib olib, yotoqxona va koridor o‘rtasidagi devorlar o‘rniga qo‘ydi. Hammaga ham mos kelmasa-da, juda zamonaviy ko‘rinishga ega. 

Universal mebel

Dizaynerning kvartirasidagi deyarli barcha mebellar nafaqat o‘z asosiy vazifasi, balki qo‘shimcha funksiyalarni ham bajaradi. Masalan, karavot – nafaqat uxlash joyi, balki xonaki gullar va ba’zi estetik narsalarni osib qo‘yadigan maxsus truba hamdir. Devorlar bilan “birlasha oladigan” ichki shkaflar ham kichik xonani kengaytiradi. 

Kitoblar uchun g‘ayrioddiy javonlar

Yoxannaning kichkina kvartirasida radiator tepasidagi devorlarda kitob javonlari o‘rnatilgan. Odatda, bu joy atrofdagi issiq havoning ko‘pligi tufayli ochiq qoladi, bu o‘simliklar yoki asbob-uskunalarni ishdan chiqarishi mumkin, ammo kitob va jurnallarga hech narsa bo‘lmaydi. Shu bilan ular burchaklarda va xona bo‘ylab sochilib yotmaydi. 

Kitoblarni saqlash bo‘yicha yana bir layfhak

Agar uyingizning shiftlari juda baland bo‘lsa, unda ularga javonlarni osib qo‘yishingiz mumkin. Bu xonani yanada qulay qiladi va kitoblar uchun joy tashkil qiladi. Shunda qimmat va og‘ir javonlarni sotib olishni o‘ylamasangiz ham bo‘ladi. 

Ixcham mebel

Har qanday qo‘pol va katta mebel kichik kvartirani yanada kichikroq qiladi, ammo yengil kreslo, stol va stullar (masalan, plastik yoki shishadan yasalgan) xonaga toza havo oqimini olib keladi. 

Shkaf o‘rnida javon

Oshxonada buyumlar taxlab qo‘yilgan yengil va ochiq javon xonani kattaroq va qiziqarli qiladi. Umuman olganda, Yoxanna sizga xizmat qilmaydigan va mehmonlarning ko‘ziga ko‘rinmasligi kerak bo‘lgan barcha narsalardan xalos bo‘lish kerakligini yana bir bor eslatadi. Faqat kerakli va ko‘zni quvontiradigan narsalarni qoldiring. 

“Yalang‘och” deraza va tokcha

Og‘ir va chang yig‘adigan pardalar – faqat teatrlarda bo‘ladi yoki ularni faqat keng xonadonlarda qo‘llash mumkin. Gullar, kitoblar, shamlar va boshqa mayda narsalar bilan to‘ldirilgan deraza tokchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Ammo agar siz derazalarni butunlay ochiq turishini xohlamasangiz (Skandinaviyada emassizku), unda dizayner sizga rulonli pardalarni ishlatishni maslahat beradi – ular ham xonani keng ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. 

Oshxonada minimalizm

Agar siz kichik kvartiraning maydonini kengaytirishni istasangiz, unda uyning yuragi – oshxonaga e’tibor qarating. Keraksiz piyolalar, tarelkalar va anjomlardan xalos bo‘ling, oilaviy servizni esa tepa shkafga yoki onangizga jo‘nating. Yoxanna usuliga ko‘ra, oshxonada faqat eng asosiy idishlar qolishi kerak.