РУ
O’Z
UZS
/
/
Dollar kursi ketma-ket pasaymoqda
10.10.2024

Dollar kursi ketma-ket pasaymoqda

Dollar kursi ketma-ket pasaymoqda

Amerika valyutasining soʻmga nisbatan kursi qariyb 10 soʻmga pasayib, 12 768,30 soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 768,30 soʻm etib belgiladi. Kun davomida kurs 9 soʻm 70 tiyinga pasaydi.

7-oktyabr kuni dollar kursi uchinchi marta rekord darajani qayd etib, 12 794,88 soʻmni tashkil etdi. Bungacha dollar kursi 4-oktyabr va 2-oktyabr kunlari rekord darajani qayd etgandi.