/
/
Donald Trampning biografik filmi AQSH prezidentlik saylovlarigacha ekranlarga chiqadi
02.09.2024

Donald Trampning biografik filmi AQSH prezidentlik saylovlarigacha ekranlarga chiqadi

“Shogird” 1980-yillarda Nyu-Yorkda Donald Trampning siyosiy faoliyati qanday boshlangani haqida hikoya qiladi. Filmni Ali Abbasi (“Muqaddas oʻrgimchak qotili” filmi rejissyori) suratga olgan.

Donald Trampning biografik filmi AQSH prezidentlik saylovlarigacha ekranlarga chiqadi

Sebastian Stan bosh rolni ijro etgan “Shogird” nomli biografik drama Shimoliy Amerikada namoyish sanasini oldi.

Film AQSH prezidentlik saylovlaridan bir oy oldin, yaʼni 11-oktyabrda (saylovlar 5-noyabrda) kinoteatrlarda namoyish etiladi.

“Shogird” 1980-yillarda Nyu-Yorkda Donald Trampning siyosiy faoliyati qanday boshlangani haqida hikoya qiladi. Filmni Ali Abbasi (“Muqaddas oʻrgimchak qotili” filmi rejissyori) suratga olgan.

Ikkinchi darajali rollarda Jeremi Strong (“Merosxoʻrlar” serialidan) va Mariya Bakalova (“Borat 2” filmidan) ishtirok etishgan. Prokat bilan Briarcliff Entertainment shugʻullanadi.

“Shogird” filmining jahon premyerasi Kann kinofestivali dasturida boʻlib oʻtdi va u tanqidchilarning salbiy fikrlariga duch keldi. Film Rossiyada 24-oktyabrda namoyishga chiqadi; tarqatuvchi kompaniya “Atmosfera kino” hisoblanadi.