РУ
O’Z
UZS
/
/
Dubayda 2026-yilgacha havo taksilarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda
25.09.2024

Dubayda 2026-yilgacha havo taksilarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Dubayda 2026-yilgacha havo taksilarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Qurilmalar 4 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan boʻlib, 320 km/soat tezlikda ucha oladi.

Dubayda uchar taksilar ishga tushadi, birinchi parvozlar 2026-yilga rejalashtirilgan. Bu haqda Azernews xabar bermoqda.

Uchar taksilar Dubay aeroporti, shahar markazi, sohil (Dubay Marina) va Palm-Jumeyra kabi shaharning asosiy nuqtalarini bogʻlashi kutilmoqda.

Parvoz 10 daqiqa davom etadi, bu esa yer usti transportiga nisbatan yoʻl vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Uchadigan taksilar elektr tortish vositasida ishlaydi va tezligini soatiga 320 km gacha oshiradi.

Apparatlarni ishlab chiqish bilan Amerikaning Joby Aviation kompaniyasi, ular uchun stansiyalarni loyihalash bilan esa Britaniyaning Skyports kompaniyasi shugʻullanadi. Dubay Transport va yoʻllar boshqarmasi Transport texnologiyalari departamenti boshligʻi Xolid Al-Avadining aytishicha, bu xizmat 2026-yil boshida ishga tushiriladi.