Dunyodagi eng qimmat va eng arzon pullar: Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Country Cassette portali dunyodagi eng qimmat valyutalarni oʻrganib chiqdi va natijalarini eʼlon qildi. Biz qaysi valyuta dunyodagi eng qimmat va uning narxi qancha ekanini koʻrib chiqdik, shuningdek, Oʻzbekiston ushbu reytingda nechanchi oʻrinda ekanini bilib oldik.
2024-yilda dunyodagi eng qimmat valyuta Quvayt dinori boʻlgan. 1 birlik uchun bankirlar taxminan 3,25 AQSH dollarini taklif qiladi. Ammo dunyodagi eng arzon valyuta Eron riali. 90 yil davomida Eron riali dollarga nisbatan 2000-martadan ortiq qadrsizlandi.
Dunyodagi eng qimmat valyutalar reytingi Country Cassette portali tomonidan eʼlon qilindi. Roʻyxatga 164 ta davlat kiritilgan. Mutaxassislar AQSH dollariga tushgan xorijiy valyuta birliklari soniga qarab eng kuchli valyutalarni koʻrib chiqdi.
Yuqori oʻrinlar roʻyxatiga yevro ham kiradi. Reytingda valyuta 8-oʻrinni egalladi. 1 yevroning kursi taxminan 1,08 dollarni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston bu roʻyxatda 156-oʻrinda. Oʻzbek soʻmini taxminan 0,00008 dollarga sotib olish mumkin (reyting vaqtida).
Shunday qilib, 2024-yilda dunyodagi eng qimmat 5 valyuta:
- Quvayt dinori: 1 KWD = 3,25 dollar
- Bahrayn dinori: 1 BHD = 2,65 dollar
- Ummon riali: 1 OMR = 2,59 dollar
- Iordaniya dinori: 1 JOD = 1,41 dollar
- Britaniya funti: 1 GBP = 1,26 dollar
2024-yilda dunyodagi eng arzon TOP 5 valyuta:
- Eron riali: 1 IRR = $0,00002381
- Vetnam dongi: 1 VND = $0,0000409223
- Siyerra Leone lioni: 1 SLL = $0,0000438638
- Laos kipi: 1 LAK = $0,0000481693
- Indoneziya rupiyasi: 1 IDR = $0,0000638543