РУ
O’Z
UZS
/
/
Dunyoning eng uzoq o‘lkalari: ular qayerda joylashgan va kimlar yashaydi?
09.07.2024

Dunyoning eng uzoq o‘lkalari: ular qayerda joylashgan va kimlar yashaydi?

Dunyoning eng uzoq o‘lkalari: ular qayerda joylashgan va kimlar yashaydi?

Hozirgi kunda yer yuzidagi istalgan joyga borish mehnatdan ko‘ra, ko‘proq pul masalasiga bog‘liq. Havo qatnovi shu qadar rivojlanganki, siz istalgan joydan, istalgan joyga uchishingiz mumkin. Xaritada borish juda qiyin bo‘lgan, ammo ashaddiy sayyohlar uchun jozibali bo‘lgan joylar bor. Qiyinligi viza olishda emas, balki transport va sayohatga ketadigan vaqtda. U yerlar sayyoramizdagi eng uzoq joylar bo‘lishiga qaramay, odamlar yashaydi va juda zamonaviy turmush tarzini olib boradi.

Pitkern

Bu joyning tarixi hayratlanarli. 1790-yilda Britaniyaning “Bounty” kemasidagi bir nechta dengizchilar isyon ko‘tardi: ular kemani o‘z nazorati ostiga olib, yaxshi hayot yo‘lida, quruqlikni qidirdi. Jon Adams boshchiligidagi isyonchilar Tinch okeanidagi Pitkern oroliga borib qoldi.

Kemada toʻqqiz nafar ekipaj aʼzosi, shuningdek, oʻnga yaqin taitiyalik va olti nafar tailandlik bor edi – ularning barchasi yangi hayot uchun orolga tushishdi. Inglizlar va tailandliklar bir-biri bilan kelisha olmadi. Ketma-ket mojarolardan so‘ng erkaklardan faqat bitta Jon Adams taylik ayollar qurshovida tirik qoldi. U orolda jamiyatga asos solib, 1829-yil vafotiga qadar hukmronlik qilgan.

Hozirgi kunda vulqonli Pitkern oroli – Buyuk Britaniyaning xorijdagi hududiga aylangan. U yerda ellikka yaqin odam yashaydi va ularning deyarli barchasi o‘sha “Bounty” kemasi dengizchilarining avlodlari. Orolning poytaxti Adamstaun, 50-55 kishilik aholisi bilan u dunyodagi eng kichik poytaxtga aylandi. U yerda hayot juda zamonaviy: politsiya bo‘limi, maktab, cherkov bor, mahalliy aholi esa orol bo‘ylab kvadrasikllarda yuradi.

Pitkernga yetib borish juda qiyin. Sayyohlar orolga undanda kattaroq orollar o‘rtasida harakatlanadigan kema orqali borishi mumkin. Shuningdek, yaqin atrofda kruiz kemalari mavjud, lekin ular orolga yaqinlasha olmaydi – u yerda katta kemalar to‘xtash joyi yo‘qligi sababli sayyohlarga Pitkerndan kichik qayiqlar yuboriladi. Biroq, oldindan aytib bo‘lmaydigan ob-havoni hisobga olish kerak: agar suv qattiq to‘lqinlanishni boshlasa, orolga kirishni umuman imkoni bo‘lmaydi. Aeroport ham yo‘qligi tufayli bu yerga borish juda qiyin hisoblanadi.

Pasxa Oroli

Pitkerndan ikki ming kilometr uzoqlikda Pasxa oroli joylashgan. Pitkern bilan taqqoslaganda, u qishloq yaqinidagi megapolisga o‘xshaydi: uning aholisi 7700 kishi, yo‘lovchi laynerlarini qabul qila oladigan to‘liq aeroport mavjud – reyslarni Chilining “LAN” aviakompaniyasi amalga oshiradi.

Ushbu vulqonli orol 3500 kilometr uzoqlikda joylashgan Chiliga tegishli. Orolning tarixi juda qadimgi: ba’zi maʼlumotlarga ko‘ra, u taxminan ming yil oldin paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Pasxa oroli bir vaqtlar juda boy bo‘lgan, oroldagi tosh haykallar esa o‘sha davrdagi odamlarning yuqori madaniy darajasini ko‘rsatadi. Orolning eng mashhur va diqqatga sazovor joyi – Moai, u yerda XIII-XVI asrlarda aborigenlar tomonidan yasalgan tosh haykallari mavjud. Ular hammasi bo‘lib 887 ta.

Quruqlikdan uzoq boʻlishiga qaramay, Pasxa oroli sayohatchilar orasida mashhur: oʻnlab mehmonxonalar, shuningdek, sayyohlik kemalari uchun alohida port mavjud.

Tristan-da-Kunya

Tinch okeanidan Atlantika okeaniga oʻtamiz: Tristan-da-Kunya arxipelagi (bir-biriga yaqin orollar guruhi) Janubiy Amerika (3360 km) va Afrika (2816 km) oʻrtasida joylashgan. Orol 1506-yilda dengizchi Tristan da Kunya tomonidan topilgan va uni o‘z nomi bilan atagan. Ammo kashfiyotchi yer yuziga chiqmadi, faqat ikki yuz yil o‘tgach, Tristan da Kunyaga birinchi marta odam qadam bosdi.

Arxipelag Buyuk Britaniyaning tashqi dengiz hududiga tegishli. Aholisi kam – taxminan 270 kishi. Mahalliy aholi, asosan, dehqonchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanadi. Yetti dengiz Edinburgi deb nomlangan asosiy (va yagona) shaharchada hamma asosiy narsalar: maktab, kasalxona, pochta aloqasi, kafe, do‘kon, politsiya, cherkov mavjud.

Pitkern oroli kabi, Tristan-da-Kunyaga faqat suv orqali: orol yaqinidan o‘tadigan kruiz kemalari yoki yuk kemalarida borish mumkin. Ammo bu holatda ham toʻxtash umuman kafolatlanmaydi – kichik to‘xtash joyi kuchli to‘lqinlardan uncha yaxshi himoyalanmagan va ko‘pincha quruqlikka o‘tish ilojsiz bo‘ladi.

Yuksalish Oroli

Aytib o‘tilgan orollardan farqli oʻlaroq, bu dunyo muammolari va shovqinidan uzoqda bo‘lgan tinch, xotirjam hayot haqidagi joy emas. Yuksalish Oroli, harbiy va aerokosmik sanoat uchun sun’iy yo‘ldosh tizimlari bilan to‘ldirilgan va ikkinchi jahon urushi paytida ittifoqchilar Yevropa va Afrikaga harbiy yuklarni yetkazib berish uchun uchish-qo‘nish yoʻlagini qurgan. Shunga qaramay, sayyohlar u yerga bemalol borishi mumkin – u tinch aholi uchun yopiq hudud emas.

Orol Atlantika okeanida Tristan-da-Kunya shimolida joylashgan. Aholi soni mingga yaqin kishini tashkil qiladi. Ularning deyarli barchasi harbiy qismlar va ularning oilasidir.

Yuksalish orolining o‘zi XVI-asrning boshlarida kashf etilgan, XIX asrga qadar esa, u yerda aholi yashamagan. 1815-yildagina Buyuk Britaniya o‘z qo‘shinlarining birinchi garnizonini hududga joylashtirdi. Hozirda bir nechta aholi punktlari mavjud, asosiylaridan biri – 500 ga yaqin aholisi bo‘lgan Jorjtaun.

Yuksalish oroli Tristan-da-Kunya va Muqaddas Yelena oroli bilan birga Buyuk Britaniyaning dengizdan tashqaridagi hududiga kiradi, ya’ni uning bir qismi emas, balki uning suvereniteti ostida joylashgan. Muqaddas Yelena orolining muhim jihati – Napoleonni surgun qilish uchun yuborilgan va u yerda umrini oxirigacha yashagan oroldir.

Rapa-Iti

Yuqorida aytib o‘tilgan orollar singari, bu ham vulqonli orol hisoblanadi. Rapa Iti Tinch okeanida, Avstraliya va Janubiy Amerika o‘rtasida joylashgan bo‘lib, uni ziyorat qilish juda qiyin: bu yerda sayyohlik kema yo‘nalishlari o‘rnatilmagan, yuk kemalari ham juda kam uchraydi va bunday uzoq joyda dam olishga tayyor joylar mavjud emas. Odatda sayohatchilar arxipelag boʻylab harakatlanadigan quruq yuk tashuvchi kemaga o‘ttirib, birato‘la Rapa Itiga ham tashrif buyuradi.

Polineziyaliklar orolni XII-asr o‘rtalarida joylashtirgan deb ishoniladi. Shu tufayli unda ko‘plab noyob madaniy meros yodgorliklari mavjud. Orolda ikkita asosiy aholi punkti mavjud bo‘lib, hozirgi kunda 500 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hayot ko‘p jihatdan kommuna tamoyili asosida tashkil etilgan. Masalan, ovqat tayyorlash uchun jamoat pechlari mavjud. Bu yerda asosiy mahsulot Taro – bunday iqlim uchun juda oddiy o‘simlik (oʻrtacha 18-20 daraja issiqlik). Taro odatda barglarga oʻrab pishiriladi.