Durovning hamrohi va qoʻriqchisi soʻroqdan keyin qoʻyib yuborildi
Durovning qoʻriqchisi va yordamchisi soʻroqdan keyin qoʻyib yuborildi, deb yozadi Le Figaro. Ular Le Burjeda hibsga olinganda Telegram asoschisi bilan birga boʻlgan.
Telegram asoschisi Pavel Durovning “doimiy kuzatib boradigan” qoʻriqchisi va yordamchisi soʻroqdan soʻng qoʻyib yuborildi, deb yozadi Le Figaro ishga yaqin manbaga tayanib. Bu haqda AFP ham manbaga tayanib yozmoqda.
Durov 24-avgust kuni Bokudan shaxsiy samolyotda uchib kelgan Parij Le Burje aeroportida qoʻlga olingan edi. U bilan birga tansoqchi va qiz ham bor edi. Taxminlarga koʻra, bu bloger va kriptovalyuta murabbiyi Yuliya Vavilova.
Uning qarindoshlari 25-avgust kuni Durov hibsga olinganidan beri qiz aloqada boʻlmaganini maʼlum qilgan. Vavilova va tadbirkor oʻzaro munosabatlarini reklama qilishmadi, lekin qizning Instagram hikoyalariga koʻra, bu yoz u Durov u erda boʻlgan bir vaqtning oʻzida oʻsha mamlakatlarga tashrif buyurgan.
AFP xabariga koʻra, Telegram asoschisi Fransiya poytaxtida kamida bir oqshom oʻtkazish va kechki ovqat qilishni rejalashtirgan. Durovni hibsda saqlash muddati 28-avgustgacha uzaytirilgan. Prokuraturaning tushuntirishicha, ushbu profilaktika chorasi “uyushgan jinoyatchilik rejimiga kiruvchi jinoyatlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq” 96 soatgacha davom etishi mumkin.