/
/
Dyson yangicha talqindagi quloqchinlarni taqdim etdi
18.07.2024

Dyson yangicha talqindagi quloqchinlarni taqdim etdi

Soch quritkich va changyutkich moslamalari bilan mashhur boʻlgan Dyson kompaniyasi toʻliq funksional quloqchinlarni taqdim etdi. OnTracʼning asosiy xususiyati super moslashuvchan dizaynga ekanidir.

Dyson yangicha talqindagi quloqchinlarni taqdim etdi

Dyson kompaniyasi OnTrac deb nomlanuvchi yangicha dizaynga ega quloqchinlarni sotuvga chiqardi. Ularning qopqogʻini almashtirish orqali 2 ming xilgacha yangicha dizayn turlariga ega boʻlish mumkin.

Quloqchinlar toʻrt xil rang: toʻq sariq, kul, mis va toʻq koʻk ranglarda sotuvga chiqarilgan. Quloq yostiqchalari esa yetti xil rangga ega. Maxsus ajratiluvchi qismni almashtirish orqali tashqi qismga turli rangdagi qobiqlarni oʻrnatish mumkin.

Foto: The Verge

Kompaniya, shuningdek, quloqchinlar oʻz sinfidagi eng yaxshi shovqin toʻsuvchi tizim bilan jihozlanganini aytmoqda. Tashqi taʼsirni sezilarli kamaytirish uchun 8 ta mikrofon ishlatiladi. Shovqin darajasini telefon orqali nazorat qilish mumkin boʻladi.

Agar quloqchin boshdan yechib qoʻyilsa, qoʻshiq ham avtomatik ravishda pauzaga qoʻyiladi. Kompaniyaga koʻra, bitta toʻliq quvvat bilan ishlash vaqti 55 soatni tashkil qiladi. Dyson OnTrac korpusi metalldan, bosh tasmasi va quloq yostiqchalari esa sintetik matodan qilingan.