07.08.2024
                                            
                    
                Ekofaol Piyodachi Toshkent koʻchalaridagi iflos ariqlarni koʻrsatdi
                
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Mahkamov Humoyun
                                                                        Instagramʼda Piyodachi taxallusi ostida ijod qiluvchi ekofaol tomonidan suratga olingan Toshkentning markaziy koʻchalaridagi ifloslangan ariqlar aks etgan video tarqaldi.
Piyodachi axlatni tozalash va atrof-muhitni yaxshilash uchun doimo qoʻlqop va niqob olib yurishini maʼlum qilgan.
Videoda yana bir koʻngilli unga qoʻshilib, poytaxt ariqlarini tozalashga yordam berganini ham koʻrish mumkin.
Video jamoatchilik eʼtiborini ifloslanish muammosiga va koʻngilli tashabbuslar zarurligiga qaratdi.