/
/
Eldor Shomurodov “Atlanta Yunayted” klubiga oʻtishi mumkin
13.08.2024

Eldor Shomurodov “Atlanta Yunayted” klubiga oʻtishi mumkin

Futbol jurnalisti Fabrisio Romano “Atlanta Yunayted” klubi “Roma”ga Eldor Shomurodovni sotib olish taklifi bilan murojaat qilganini aytdi. Muzokaralar davom etayotgani va ularni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat mavjudligi qoʻshimcha qilingan.

Eldor Shomurodov “Atlanta Yunayted” klubiga oʻtishi mumkin

Futbol boʻyicha Oʻzbeksiton milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov MLSʻning “Atlanta Yunayted” klubiga oʻtishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano Twitterʻda maʼlum qildi.

“MLSʻning “Atlanta Yunayted” klubi “Roma”ga Eldor Shomurodovni yangi hujumchi sifatida sotib olish taklifi bilan murojaat qildi. Muzokaralar davom etmoqda va ularni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud”, — deya yozdi Romano.

Eldor Shomurodov 1995-yilda Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. “Mashʼal” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi faoliyatini shu klubda boshlab, keyinchalik “Bunyodkor” jamoasiga oʻtgan. 2017-yil yozida u Rossiyaning “Rostov” klubiga koʻchib oʻtdi va jamoa safida uch mavsumda jami 91 oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi, 12 ta golga assistentlik qilgan.

2020-yil oktyabr oyida hujumchini Italiyaning “Jenoa”si 7,5 mln yevro evaziga sotib oldi, bir yil oʻtib esa Shomurodov 17,5 mln yevro transfer summasi bilan Italiyaning boshqa klubi — “Roma”ga oʻtdi. Oʻtgan mavsumda u “Kalyari” safida ijara asosida oʻynadi.

Oʻng oyoqli Shomurodov ham gol urishga, ham golli uzatma berishga qodir, hujum chizigʻida ajralib turishi mumkin boʻlgan birinchi raqamli hujumchi. Raqiblar bilan tezlikda kuchli tezlashuv va progressiyaga qodir, u birlashtiruvchi uchi sifatida ham mohir boʻla oladi. Jismoniy jihatdan kuchli, u boʻshliqlar va havodan ham hujum qila oladi, yaxshi dinamizmga ega va havoda oʻynashda mahoratlidir.