РУ
O’Z
UZS
/
/
Elektrosamokatlar tezligiga cheklov kiritilmoqda
18.07.2024

Elektrosamokatlar tezligiga cheklov kiritilmoqda

Elektrosamokatlar tezligiga cheklov kiritilmoqda

Oʻzbekistonda Yoʻl harakati qoidalariga individual harakatlanish vositalari, jumladan, elektrosamokatlar harakatini tartibga soluvchi oʻzgartirishlar kiritildi. IHV trotuarlarda 10 km/soatgacha, avtomobil yoʻlida 20 km/soat tezlikda yurishiga ruxsat berildi.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi 17-iyul kuni “Avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi. Hujjat Yoʻl harakati qoidalariga, jumladan, skuterlar, elektrosamokatlar va boshqa individual harakatlanish vositalari (IHV) harakatini tartibga solishga oʻzgartirishlar kiritadi.

Hujjat YHQga skuter tushunchasini kiritdi — bu elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, biroq 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (toʻrt) gʻildirakli skuterlar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari.

Xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan kvadrotsikl (kvadrotsikl), tritsikl hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa transport vositalari skuterlarga tenglashtirildi. Skuterda harakatlanayotgan haydovchi hamda yoʻlovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.

Dastlab, loyihada tezlikning 50 km/soatgacha boʻlgan chegarasi haqida yozilmagan edi, uning oʻrniga dvigatelning hajmi (agar u ichki yonuv dvigateli boʻlsa) 25 kub santimetrdan koʻproq boʻlishi belgilangandi.

Bundan tashqari, elektromototsikl tushunchasi ham joriy qilindi. Elektromototsikl — bu elektrodvigatelining quvvati 4 kilovatt va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yon tirkamasiz yoki yon tirkamali (kajavali) ikki yoxud uch (toʻrt) gʻildirakli transport vositasi.

Individual harakatlanish vositalariga esa dvigatel (dvigatellar) (elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monogʻildirakva boshqa shunga oʻxshash vositalar) yordamida odamning individual harakatlanishiuchun moʻljallangan bir yoki bir nechta gʻildiraklari (roliklari) boʻlgan transportvositasi kiradi.