/
/
"Emmi-2024" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi: Los-Anjelesda kechgan marosim va gʻoliblar
16.09.2024

"Emmi-2024" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi: Los-Anjelesda kechgan marosim va gʻoliblar

Los-Anjelesda “Emmi” televideniye akademiyasi mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Kechaning gʻolibi FX kanalining “Shogun” tarixiy dramasi boʻldi.

“Emmi-2024” mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Serial jami 18 ta haykalchani, jumladan, eng yaxshi drama uchun mukofotni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Bu mukofot tarixidagi bir mavsum uchun rekord miqdordagi yutuqdir. Ilgari “Shogun” ikkinchi va uchinchi mavsumlar uchun uzaytirilgan edi.

Komediya yoʻnalishida gʻalabalarning koʻpchiligi “Ayiq” serialiga nasib etdi (11 ta). Mini-seriallar orasida “Kiyikcha” gʻolib chiqdi (6 ta). Tadbirni “Shitts Krik” seriali orqali tanilgan Yujin va Den Levi olib bordi. Gʻoliblar roʻyxati quyida keltirilgan.

  • Eng yaxshi dramatik serial:
    “Shogun”
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak aktyor:
    Xiroyuki Sanada — “Shogun”
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi ayol aktyor:
    Anna Savai — “Shogun”
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor:
    Billi Krudap — “Ertalabki shou”
  • Dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali ayol aktyor:
    Elizabet Debiki — “Toj”
  • Eng yaxshi komediya seriali:
    “Xiylalar”
  • Komediya serialidagi eng yaxshi erkak aktyor:
    Jeremi Allen Uayt — “Ayiq”
  • Komediya serialidagi eng yaxshi ayol aktyor:
    Jin Smart — “Xiylalar”
  • Komediya serialidagi eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor:
    Ebon Moss-Bakrak — “Ayiq”
  • Komediya serialidagi eng yaxshi ikkinchi darajali ayol aktyor:
    Layza Kolon-Zayas — “Ayiq”
  • Eng yaxshi mini-serial:
    “Kiyikcha”
  • Mini-serial/antologiya/telefilmdagi eng yaxshi erkak aktyor:
    Richard Gedd — “Kiyikcha”
  • Mini-serial/antologiya/telefilmdagi eng yaxshi ayol aktyor:
    Jodi Foster — “Haqiqiy detektiv”
  • Mini-serial/antologiya/telefilmdagi eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor:
    Lamorn Morris — “Fargo”
  • Mini-serial/antologiya/telefilmdagi eng yaxshi ikkinchi darajali ayol aktyor:
    Jessika Ganning — “Kiyikcha”