РУ
O’Z
UZS
/
/
Endi qoidabuzar samokatchilar haqida Telegram bot orqali shikoyat qilish mumkin
07.07.2024

Murojaatchilar botga ham matnli xabarlar, ham media fayllarni yuborishi mumkin. Agar fotosurat va videolarda samokatning raqami koʻrsatilgan va qoidabuzarlik qayd etilgan vaqt maʼlum boʻlsa, operatorlar ushbu transport vositasidan kim foydalanganini tekshirib, uning akkauntini qulflab qoʻyadi.

Olti nafar elektrosamokatlarni ijaraga berish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi operatorlardan iborat Oʻzbekiston Mikromobillik assotsiatsiyasi fuqarolardan elektron samokat haydovchilari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar haqidagi shikoyatlarni qabul qilish uchun Telegram bot ishlab chiqdi.

“Bot orqali istalgan fuqaro Oʻzbekistondagi barcha kikshering operatorlari bilan darhol bogʻlanishi mumkin. Soʻrov botga yuborilishi bilanoq u barcha kompaniyalar uchun koʻrinadi, chunki assotsiatsiya aʼzosi boʻlgan har bir operator xizmatdan foydalanishi mumkin. Har qanday istak, taklif va shikoyatlarni tinglanadi”, — deb yozadi “Gazeta.uz”.