Endryu Garfild kinoga yangi rollar bilan qaytishga vaʼda berdi
“Oskar” mukofotiga nomzod va “Oʻrgimchak odam” yulduzi Endryu Garfild The Hollywood Reporter gazetasiga bergan intervyusida keyingi ijodiy rejalari haqida maʼlum qildi.
Garfildning soʻzlariga koʻra, 2022-yilda “Tik-tak... BUM!” myuzikli va “Osmon bayrogʻi ostida” mini-serialidan soʻng aktyorlik faoliyatida tanaffus olish unga foyda keltirgan.
“Men boshqa yoʻnalishda ishlashga tayyorman. Oʻzimni erkinroq, kamroq xavotirli his qilyapman. Yanada xursandman. Koʻproq anglaydigan kishi boʻldim,” - deydi Garfild.
Aktyor kelajakda Meril Strip, Rayan Gosling, Deniyel Dey-Lyuis, Robert De Niro, Timoti Shalame va boshqalar bilan ishlashni xohlashini taʼkidladi. U, shuningdek, Zendeya bilan ekranda qayta uchrashishni rejalashtirmoqda.
Oktyabr oyi oxirida Garfild Florens Pyu bilan “Yashash vaqti” melodramasida bosh rolni ijro etadi. Yaqinda u Luka Guadaninoning “Ovdan keyin” dramasini suratga olishni yakunladi.