Eng yaxshi dizayn yechimlariga ega 20 ta zamonaviy mehmonxona
Sayohat mavsumi avjiga chiqqan paytda estetikaga bo‘lgan chanqoqlikni qondirish va ajoyib dizayn yechimlariga ega eng yaxshi mehmonxonalarni aylanib chiqishga qaror qildik. Bundan tashqari, Deezen ekspertlari yilning eng yaxshi mehmonxonalarini eklektik, kinematografik, ixchamlik bo‘yicha baholadi.
The Rome Edition — Italiya, Rim
Sorrentinoni maqtashga arziydigan eng dramatik va kinematografik mehmonxona. U hayratlantiruvchi yetti metrli shiftlar, yashil duxoba panjarali derazalar va joyning “boy” tarixini (mehmonxona bankning eski binosida joylashgan) o‘z ichiga oladi. Atrof antiqa buyumlar, marmar va shamdonlar bilan to‘la: bankirlar va zodagonlarning didi bahslashilmaydi.
Blueberry Nights — Gruziya, Tbilisi
Markazda joylashgan mehmonxona bizni kinoga olib boradi — arxitektor Sanro Takiashvili boshidanoq shunday niyat qilgan. Ijodkor bu mehmonlarga bir tomondan tanish, ikkinchi tomondan g‘ayritabiiy bo‘lib tuyulishini orzu qilgan va u bunga erishdi. Kubrik, Linch va boshqa mashhur rejissyorlarning eng yaxshi an'analarida bo‘lgani mehmonxona teatral ranglar palitrasi, kinematografik, qorong‘i yoritish va dekor bilan o‘ziga maftun etadi.
Artchimboldi — Ispaniya, Menorka
Qizlarning sobiq maktab-internat yangi hayotga ega bo‘ldi: bino IT-kompaniyalar va boshqa korporatsiyalar xodimlarining retritlari uchun joyga aylantirildi. Mehmonxonaning timbilding deb konsepsiyasi quyidagicha: bu yerga butun boshli ofis bilan kelishadi, dam olishadi, breynstorm tashkil qilishadi va ijodiy muhitdan ilhomlanishadi. Binoda maxsus muzokara xonalari, shuningdek, yog‘och kapsula-yotoqxonalar mavjud.
Casa To — Meksika, Puerto-Eskondido
Ushbu butik-mehmonxonaning Tinch okeani sohilidagi o‘ziga xos xususiyati bor — tabiiy sovutish tizimi. Beton konstruksiyada dizaynerlar maxsus teshiklar, shuningdek, dumaloq o‘ymalar yaratgan, ular orqali shamol erkin ”sayr qilishi” mumkin.
Ba’zi xonalar (birinchi qavatda) mehmonxonani o‘rab turgan basseyn va ochiq havodagi jakuziga chiqish imkonini beradi.
Downtown LA Proper Hotel — AQSH, Los-Anjeles
Ushbu mehmonxonaning o‘ziga xos jihati eklektik dizayni bo‘lib, u “Farishtalar shahri”ning ijodiy ruhini namoyish etadi. Mehmonxona muqaddam yopiq klub bo‘lgan (20-yillarga taalluqli) binoda joylashgan. Interyer yaratishda dizaynerlar Meksika, Ispaniya, Marokash va Portugaliya madaniyatlaridan ilhomlangan. Kirish qismida qo‘lda chizilgan freska va grafitli ro‘yxatdan o‘tish joyi taniqli rassom Abel Masias va uning do‘sti keramika ustasi Morgan Pekning asaridir.
Wilmina — Germaniya, Berlin
Berlindagi eng ajoyib mehmonxonalardan biri muqaddan ayollar qamoqxonasi va sud binosida joylashgan. Jimjit xonalar aslida sobiq kameralar ekanini hech kim bilmaydi, chunki ular issiq, yorqin ranglar, yumshoq teksturalar va “taktil” materiallar bilan bezatilgan. U-shaklidagi zal (qamoqxona bloki) kutubxona, SPA, sport zali va bar kabi ko‘plab ko‘ngilochar joylarni birlashtiradi. Sudyalar va maslahatchilar o‘tirgan bino esa ro‘yxatdan o‘tish joyi va badiiy galereya sifatida foydalanilmoqda.
Hotel Terrestre – Meksika, Puerto-Eskondido
Meksikadagi yana bir ajoyib mehmonxona bo‘lib, dizayni arxitektor Alberto Kalach va uning studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu mehmonxona ko‘proq yodgorlikni eslatadi va quyosh energiyasida ishlaydi. Mehmonxona majmuasining asosiy maqsadi uni mahalliy landshaftga xuddi dastlab u yerda bo‘lgandek joylashtirish edi. Mehmonxona 14 ta alohida va hashamatli villadan iborat bo‘lib, mehmonlarni faqat ochiq osmon ostidagi umumiy restoran, SPA-kompleks va basseynlar birlashtiradi.
Biosphere – Shvetsiya, Harads
Bu Shvetsiya Laplandiyasining o‘rmon bag‘rida joylashgan, BIG arxitektura byurosi tomonidan qurilgan sakkizinchi daraxt tepasidagi majmua hisoblanadi. Bino haqiqatan ham noyob ko‘rinishga ega bo‘lib, qush uyasini eslatadi: metall to‘rda turli o‘lchamdagi 350 ta qushxona o‘rnatilgan, ularning orqasida esa katta shisha kub joylashgan bo‘lib, u yotoqxona, hojatxona va qushlarni kuzatish uchun zona bilan jihozlangan.
Patina Maldives — Maldiv orollari, Shimoliy Male Atolli
Bu mehmonxona Fari, sun’iy arxipelag hisoblangan hashamatli kurortning “yuragi”da yoki kichik orolda qurilgan. Alohida lyuks xonalar, suv ustidagi hashamatli uylar — badavlat oshiq-ma’shuqlar va mashhurlarning diqqatini o‘ziga tortadi. Dizayni alohida e’tiborga sazovor: interyerdagi tabiiy ranglar, xira bezaklar, mahalliy ekotizimga mos keladigan tabiiy teksturalar ishlatilgan.
Ace Hotel – Kanada, Toronto
123 ta xonaga ega bo‘lgan bu mehmonxona qizil g‘ishtdan qurilgan fasadi va keng beton arkalar bilan bezatilgan vestibyuli bilan e’tiborni tortadi. Barcha xonalar va umumiy zonalar zamonaviy san'at asarlari (asosan mahalliy rassomlar) bilan bezatilgan. Mehmonxonaning asosiy "durdonasi" va mahalliy diqqatga sazovor joyi — mehmonxonalar tarmog‘i hammuassisi Govard Satkliffning uch qavatli installyasiyasidir.
Floating Cloud Township Villa — Xitoy, Chjeszyan
Mashhur MDO dizayn-studiyasi zamonaviy mehmonxona tashkil etish uchun oltita an’anaviy Xitoy uyini rekonstruksiya qildi. Binolar yangi derazalar, to‘siqlar va mebellar bilan jihozlangan bo‘lib, ular loy-shuvoqli devorlar, shuningdek, qo‘pol darpardalar va eshiklardan sezilarli farq qiladi.
Hotel Flavia — Meksika, Oaxaca
Bu mehmonxona RootStudio dizaynerlari tomonidan rejalashtirilmagan loyihaga aylanib yaratilgan va bu haqiqat. Bino juda tik va qiya yonbag‘irda joylashgan bo‘lib, dastlab “jonli” yodgorlik shaklida qurilgan, shuning uchun ko‘plab detallar improvizatsiyadir. Mehmonxonaning o‘ziga xos xususiyati — mehmonxona bo‘ylab va ko‘ndalang joylashgan g‘aroyib o‘simliklar, shuningdek, zamonaviy "yog‘och" dizayni bo‘lib, u kaktuslar va o‘simlik dunyosining boshqa “vakillari” bilan ajoyib kontrast yaratadi.
Boca de Agua — Meksika, Bakalar
Yog‘och mehmonxona “kayutasi” mahalliy arxitektor Frida Eskobelo tomonidan loyihalashtirilgan. Bu shunchaki mehmonxona emas, balki sayyohlarning e’tiborini ekologiyaga jalb qilish uchun yaratilgan villalarning butun bir to‘plami. Xuddi changalzordagi ekofaol jannatiga o‘xshaydi, undan kam emas!
Borgo Santandrea — Italiya, Amalfi
Tarixiy baliqchilar qishlog‘iga o‘xshagan mehmonxona Amalfi shahri sohilida joylashgan (YUNESKO merosi ro‘yxatiga kiritilgan) va o‘rta asr “vayb”lari bilan har bir kishini hayratda qoldirishi mumkin: tosh istehkomlar, xandaqlar, qoyalar orasidagi xonalar. Haqiqiy vikinglar va yangi his-tuyg‘ularni sevuvchilar uchun.
Maison Brummell Majorelle — Marokash
Mashhur Majorel bog‘lari yonida joylashgan butik-mehmonxona yangi zelandiyalik dizaynerlar Bergendy Cook studiyasi tomonidan marokashlik arxitektor Amin Aburaui bilan birgalikda loyihalashtirilgan.
Haykaltaroshlik va hatto monolit estetikasi, ko‘plab arklar zamonaviy dizayn va an’anaviy arxitekturani qanday qilib osongina birlashtirish mumkinligini ko‘rsatadi.
The Lodge — Ispaniya, Mayorka
Unico Hotels tarmog‘idagi mehmonxona hech bo‘lmaganda Mayorkadagi 500-yillik fermada joylashgani (mulk maydoni 157 gektar) bilan noyobdir. Atrof yanada go‘zal: bodom va zaytun daraxtlari, lavanda dalalari hamda kichik piyodalar so‘qmoqlari. Interyerning o‘ziga kelsak, bu yerda qishloq xo‘jalik o‘tmishining “izlari” bo‘lgan sof minimalizm mavjud. Dastlabki daqiqadan e’tiboringizni tortadigan narsa ro‘yxatga olish stoli o‘rniga zaytun moyini siqish uchun eski tosh tegirmon qo‘yilganidir!
Pan Pacific Orchard — Singapur, Orchard
WOHA dizayni bilan Singapurdagi eng yaxshi mehmonxonalardan biri balandlikda joylashgan changalzor-terrasalari bilan mashhur. Dizaynerlarning fikriga ko‘ra, mehmonxonaning har bir qavati va balkonidan yashil bog‘lar ko‘rinishi kerak edi. Shunday qilib, mehmonlar har qanday vaqtda, hatto shovqin-suronli megapolisning qoq markazida bo‘lishlariga qaramay, tabiat bilan birlashishi mumkin.
Pitu Rooms — Indoneziya, Markaziy Yava
Minimal xona fondiga ega (jami 7 xona) ixcham mehmonxonaning hashamatli lyukslarga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu yerda juda cheklangan, ammo asosiy qulayliklar to‘plami mavjud — har bir xonada ikki kishilik karavotlar va vannaxona bor, bu asketik dam olish muxlislariga yoqadi. Shunga qaramay, dizaynerlar mehmonxonani mehmondo‘stlik sohasida boshqalardan "a’lo" deb atagan.
Vermelho — Portugaliya, Melides
Moda va dizayn muxlislari makoni - eng mashhur poyabzal dizayneri Kristian Lubuten va me’mor Madalina Kayado tomonidan yaratilgan qishloq mehmonxonasi. Bu yerda an’anaviy arxitektura, minimalist interyerlar, shuningdek, mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan, dekorga ishqiboz Lubuten shaxsiy kolleksiyasidagi noyob mebellar jamlangan.
Château Royal — Germaniya, Berlin
Restavratsiya qilingan qal’a mehmonlarni 20-asrning boshlarida Berlinning gullab-yashnagan davriga olib keladi, bu haqiqiy eman panellari, a-lya modern plitkasi, sizal gilamlari, nikel va latun furnituralari orqali aks etadi.
Mehmonxonaning o‘zi ikkita binodan (1850 va 1910-yillar), shuningdek, tomning o‘zida yangi va zamonaviy qo‘shimcha binolardan iborat.