верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Eshak goʻshtini isteʼmol uchun ishlatiladigan goʻsht toifasiga kiritish nazarda tutilmagani ma’lum bo‘ldi
17.09.2024

Eshak goʻshtini isteʼmol uchun ishlatiladigan goʻsht toifasiga kiritish nazarda tutilmagani ma’lum bo‘ldi

Eshak goʻshtini isteʼmol uchun ishlatiladigan goʻsht toifasiga kiritish nazarda tutilmagani ma’lum bo‘ldi

Palata spikerining oʻrinbosari Odiljon Tojiyevning maʼlum qilishicha, bunday tushunmovchilik palata tomonidan tarqatilgan matbuot xabarnomasidagi tahririy xato tufayli kelib chiqqan.

image

Qanday qilib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin

icon

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari Odiljon Tojiyev hayvonlarni identifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun bilan bogʻliq tushunmovchilikka izoh berdi.

Avval xabar berilganidek, bugun, 17-sentyabr kuni Qonunchilik palatasi “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdi.

Odiljon Tojiyevga koʻra, qonun loyihasi Qishloq xoʻjalik vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilik qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, joriy yilning 5-avgust kuni qonun tashabbuskori tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Qonun loyihasi bilan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarish qilinadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari — qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, ot, eshak, tuya, it va mushuklarning identifikatsiya qilinishi (vizual yoki elektron birkalarni hamda elektron mikrochiplarni hayvonlarga oʻrnatish) nazarda tutilgan.

Taʼkidlanishicha, loyihani koʻrib chiqish jarayonida deputatlar tomonidan eshak, it va mushukning identifikatsiya qilinishining asosliligi boʻyicha eʼtirozlar bildirilgan. Eʼtirozlar qonun tashabbuskorlari tomonidan qabul qilinib, loyiha birinchi oʻqishda maʼqullangan taqdirda, ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida olib tashlanishi qayd etilgan.

Bu qiziq

Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.