/
/
“Eyforiya”ning uchinchi mavsumi 2025-yilda suratga olinadi
13.07.2024

“Eyforiya”ning uchinchi mavsumi 2025-yilda suratga olinadi

Uchinchi mavsumda Zendeya, Sidni Suini, Jeykob Elordi, Hanter Shefer va boshqalar serialdagi rollariga qaytishadi. Navbatdagi mavsum syujeti hozircha maʼlum emas.

“Eyforiya”ning uchinchi mavsumi 2025-yilda suratga olinadi

HBO 2025-yil yanvar oyida “Eyforiya”ning uchinchi mavsumini tasvirga olishni boshlaydi, dedi telekanal vitse-prezidenti Francheska Orsi.

Orsi aniq chiqish sanasini oshkor qilmadi. Zendeya, Sidni Suini, Jeykob Elordi, Hanter Shefer va boshqalar serialdagi rollariga qaytishadi. Muallif Sem Levinson.

Shou 2019-yilda debyut qilgan. Loyiha Isroilning xuddi shu nomdagi (2012-2013) serialining moslashuvi boʻlib, kaliforniyalik bir guruh maktab oʻquvchilari hayoti haqida hikoya qiladi.

Aslida, uchinchi mavsumni suratga olish 2023-yil boshida boshlanishi kerak edi. Ammo Levinsonning ssenariy ustida uzoq ishlashi rejalarga xalaqit berdi. Filmni suratga olish Gollivud yozuvchilari va aktyorlarining ish tashlashlari tufayli ham kechiktirilgan.