Fargʻonadan Novosibirskka aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Havo qatnovi haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda aviatashuvchi Toshkent, Samarqand va Urganchga ham parvozlarni amalga oshirmoqda.
Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Fargʻonadan Novosibirskka muntazam yoʻlovchi qatnovlarini yoʻlga qoʻyadi. Birinchi parvoz 19-sentyabrga belgilangan, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Novosibirsk–Fargʻona–Novosibirsk yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovi Airbus A320 rusumli samolyotlarda haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
S7 Airlines qarorgohi Novosibirsk shahrida joylashgan. Kompaniya 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlarini parvozlar orqali qamrab olgan Rossiyaning eng yirik xususiy aviatashuvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda aviatashuvchi Toshkent, Samarqand va Urganchga ham parvozlarni amalga oshirmoqda.