Firibgarlar Hamster Kombat nomidan foydalanmoqda
Hamster Kombat ortidan millionlab pul ishlanmoqda, ammo daromad siz oʻylagandek, oʻyinchilar tomonidan emas, firibgarlar tomonidan qoʻlga kiritilmoqda. Gap shundaki, oxirgi paytlarda oʻyinning soxta ilovalari yaratilib, foydalanuvchilarni chalgʻitish holatlari koʻpaygan.
Ogʻmaxon haqidagi oʻyin mashhurlikka erishgach, firibgarlar undan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana boshladi. ESET antivirus kompaniyasi Android va Windows foydalanuvchilari uchun nominal tahdidlarni maʼlum qildi.
Android uchun ikkita asosiy tahdid turi aniqlandi. Birinchidan, zararli dasturlarni oʻyin sifatida yashiradigan soxta ilovalar doʻkonlari mavjud. Ikkinchidan, Ratel josuslik dasturi Telegram kanallari orqali tarqatiladi, u Hamster Kombatʼning “optimallashtirilgan” versiyasi sifatida targʻib qilinadi.
U orqali tezda oʻzingiz uchun millionlab pul ishlash imkoniyatini taklif etilmoqda. Ratel bildirishnomalarni oʻqishi va ularni yashirishi, SMS yuborishi, qoʻngʻiroq qilishi va hattoki bank hisobidagi joriy balansni tekshirishi mumkin. Maʼlumotlar firibgarlarga yuboriladi, ular esa jabrlanuvchiga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini bank xodimlari sifatida tanishtiradi.
Windowsʼda boʻlsa avtoklikerlarni taklif qiluvchi bir qancha GitHub maʼlumot omborlari xavf hisoblanadi. Ular onlayn vaqt rejimida ekranni doimiy bosib turadigan dasturlarni ishlab chiqqan, ammo ularda xavfli virus mavjud. Lumma Stealer zararli dasturi orqali firibgarlar kriptohamyonlar va bank kartalaridagi mablagʻlarni koʻra oladi. Qolgani esa anʼanaviy firibgarlik yoʻli bilan amalga oshiriladi.