/
/
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 uchun yakuniy tarkibi maʼlum boʻldi
10.07.2024

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 uchun yakuniy tarkibi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijdagi Olimpiya oʻyinlari uchun yakuniy tarkibni eʼlon qildi. Unga 22 nafar futbolchi, jumladan, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va boshqalar kirdi. Jamoa birinchi oʻyinini 24-iyulda Ispaniyaga qarshi oʻtkazadi.

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 uchun yakuniy tarkibi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari uchun terma jamoaning yakuniy tarkibini eʼlon qildi.

Terma jamoa tarkibida 23 yoshgacha boʻlgan (2001-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan) futbolchilar ishtirok etadi. Terma jamoa arizasiga koʻra, ushbu yoshdan katta 3 nafar futbolchi (Eldor Shomurodov, Oston Oʻrunov va Husniddin Aliqulov) kiritilishi mumkin.

Roʻyxatga 22 nafar futbolchi kiritilgan (18 — asosiy, 4 — zaxira):

  1. Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”);
  2. Vladimir Nazarov (“Paxtakor”);
  3. Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”);
  4. Abduqodir Xusanov (“Lans”);
  5. Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”);
  6. Saidzamat Mirsaidov (“Olimpik”);
  7. Husniddin Aliqulov (“Rizespor”);
  8. Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”);
  9. Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”);
  10. Ibrohimhalil Yoʻldoshev (“Qayrat”);
  11. Abdurauf Buriyev (“Paxtakor”);
  12. Behruz Asqarov (“Paxtakor”);
  13. Jasur Jaloliddinov (“Neftchi”);
  14. Ibrohim Ibrohimov (“Paxtakor”);
  15. Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”);
  16. Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);
  17. Ruslan Jiyanov (“Navbahor”);
  18. Alisher Odilov (“Olimpik”);
  19. Oston Oʻrunov (“Persepolis”);
  20. Abbosbek Fayzullayev (“SSKA Moskva”);
  21. Eldor Shomurodov (Roma);
  22. Husain Norchayev (“Neftchi”).

Markaziy himoyachi Alibek Davronov jarohati sabab tarkibga kiritilmadi. Olimpiya terma jamoasi Toshkent viloyatida yigʻin oʻtkazdi. 11-iyul kuni jamoa Fransiyaga yoʻl oladi va u yerda 15-iyulda Gvineya, 18-iyulda esa Yangi Zelandiyaga qarshi mashgʻulot oʻyinlarini oʻtkazadi.