/
/
“Futurama”ning 12-mavsumi treyleri eʼlon qilindi
10.07.2024

“Futurama”ning 12-mavsumi treyleri eʼlon qilindi

Oʻnta yangi epizod 29-iyuldan boshlab efirga uzatiladi. Sitkom 2023-yilda qayta tiklangan. Bosh qahramonlarga yana Billi Uest, Djon DiMadjio va Keyti Sagal tomonidan ovoz berilgan.

“Futurama”ning 12-mavsumi treyleri eʼlon qilindi

Hulu kompaniyasi “Futurama” hazilomuz shousining yangi, 12-mavsumi uchun treyler taqdim etdi.

Oʻnta yangi epizod 29-iyuldan boshlab efirga uzatiladi. Sitkom 2023-yilda qayta tiklangan. Syujet kuryer Fray, robot-alkogolik Bender va yana hayajonli sayohatlarga otlangan siklop Leela haqidagi hikoyani davom ettiradi.

Bosh qahramonlarga yana Billi Uest, Djon DiMadjio va Keyti Sagal tomonidan ovoz berilgan. Koʻrsatuv boshlovchisi Mett Greyning, u “Simpsonlar” filmi ustida ham ishlagan.