Futzal JCH. Oʻzbekiston Niderlandiya bilan durang qayd etdi
O‘zbekiston 2-turda Paragvayga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Oʻzbekiston mezbonlik qilayotgan futzal boʻyicha jahon chempionati start oldi. A guruhidan joy olgan terma jamoamiz ilk turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Tevfik Cheyar hisobni ochdi. 16-daqiqada Elbek Toʻlqinov muvozanatni tikladi. Boʻlim 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimda esa Niderlandiya yana hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safargi gol muallifi — Ismoil Odduh. 36-daqiqada Ixtiyor Ropiyev hisobni tenglashtirdi.
Biroq oradan bir daqiqa oʻtib, Odduh dublni rasmiylashtirib, jamoasining hisobda oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Husniddin Nishonov muvozanatni tikladi. Guruhning ikkinchi oʻyinida Paragvay Kosta-Rikani 5:2 hisobida magʻlub etdi.