РУ
O’Z
UZS
/
/
Futzal. Oʻzbekiston Kosta-Rikaga ham magʻlub boʻlib, turnirni guruh bosqichida yakunladi
20.09.2024

Futzal. Oʻzbekiston Kosta-Rikaga ham magʻlub boʻlib, turnirni guruh bosqichida yakunladi

Futzal. Oʻzbekiston Kosta-Rikaga ham magʻlub boʻlib, turnirni guruh bosqichida yakunladi

Paragvay va Niderlandiya dastlabki ikki oʻrinni egallab pley-offga chiqdi, Kosta-Rika ham pley-offga chiqish uchun yaxshi imkoniyatni saqlab turibdi.

Futzal boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionati 3-turida Oʻzbekiston Kosta-Rikaga magʻlub boʻlib, turnirdagi ishtirokini erta yakunladi.

Ushbu bahsdagi gʻalaba Xose Venansio Lopes shogirdlarini 3-oʻrin bilan pley-offga olib chiqish imkoniyatini saqlab qolardi.

Ammo uchrashuvda vakillarimiz 3:5 hisobida magʻlub boʻlishdi. Futzalchilarimizning gollariga Mashrab Odilov, Ilhom Hamroyev va Samariddin Berkinov mualliflik qildi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston A guruhida ochkosiz soʻnggi 4-oʻrinni egalladi. Paragvay va Niderlandiya dastlabki ikki oʻrinni egallab pley-offga chiqdi, Kosta-Rika ham pley-offga chiqish uchun yaxshi imkoniyatni saqlab turibdi.