РУ
O’Z
UZS
/
/
Gelenjikka sayohat qilishdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar
20.10.2024

Gelenjikka sayohat qilishdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar

Gelenjikka sayohat qilishdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar

Gelenjik – bu Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi maftunkor Qora dengiz bo‘yidagi kurort bo‘lib, u o‘zining go‘zal ko‘rfazlari va yoqimli iqlimi bilan mashhur. Agar Gelendjikka sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, dam olishingiz mukammal o‘tishi uchun bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar haqida aytib beramiz.

Asosiy ma’lumotlar

Til va valyuta

Rasmiy til – rus tili va barcha moliyaviy operatsiyalar Rossiya rublida amalga oshiriladi. Ko‘pgina muassasalar bank kartalarini qabul qiladi, ammo kichik xarid va bozorlarda naqd pul kerak bo‘lishi mumkin, shuning uchun oldindan naqd pul olishni o‘ylab qo‘yish lozim.

Iqlim va tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt

brokertour.ru

Gelenjik subtropik, ya’ni issiq yoz va yoqimli qish iqlimi bilan quvontiradi. Cho‘milish mavsumi iyundan sentyabrgacha davom etadi. Sayohat qilish uchun eng yaxshi vaqt iyul va avgust oylari bo‘lib, dengiz suvi isiydi, ko‘plab festivallar bo‘lib o‘tadi.

Transport

Gelenjikka samolyotda mahalliy aeroport yoki poezd va avtobusda yaqin atrofdagi Novorossiysk shahriga borish mumkin. Shahar ichida avtobus, mikroavtobus yoki taksilarda harakatlanish eng qulaydir.

Uy-joy va qulayliklar

Joylashish

Gelenjik hashamatli mehmonxonalardan tortib shinam mehmonlar uyi va dam olish bazalarigacha ko‘plab turar joylarni taklif etadi. Oldindan bron qilish, ayniqsa, yuqori mavsumda joylashish muammolaridan qochishga yordam beradi.

Do‘kon va xizmatlar

Shaharda yaxshi rivojlangan supermarket, dorixona, bankomat va valyuta ayirboshlash shoxobchalari kabi infratuzilma mavjud. Ko‘plab mehmonxona, kafe va restoranlarda bepul  Wi-Fi bor.

Diqqatga sazovor va ko‘ngilochar joylar

Tabiiy va tarixiy diqqatga sazovor joylar

Gelenjik sohil bo‘yini albatta ziyorat qiling – bu dunyodagi eng uzun sohil bo‘ylardan biri bo‘lib, u yerdan ko‘rfazga maftunkor manzara ochiladi. “Safari” ekoparki, Jane sharsharalari, Krasnodar o‘lkasidagi dolmen va Markotx tizmasi cho‘qqisiga olib boradigan kanat yo‘li sizga noyob manzara va sarguzashtlarni taqdim etadi.

Dengiz va faol ko‘ngilochar joylar

kris.by

Gelenjik o‘zining suv ko‘ngilochar mashg‘ulotlari bilan mashhur: katamaran va gidrosikllar ijarasi, dayving, yelkanli sport va toza sohillarda dam olish. Shuningdek, yaxtada sayr qilish yoki ochiq dengizda baliq oviga borish mumkin.

Festival va madaniy tadbirlar

Yozda shaharda ko‘plab bayram, sahna ko‘rinishi va ko‘rgazmalar, shu jumladan mashhur Gidroaviasalon aviatsiya festivali o‘tkaziladi. Qiziqarli tadbirlarni o‘tkazib yubormaslik uchun tadbirlar jadvalini kuzatib boring.

Amaliy maslahatlar

Xavfsizlik

Gelenjik nisbatan xavfsiz kurort hisoblanadi, ammo odatdagi ehtiyotkorlik zarar qilmaydi. Sohillarda shaxsiy narsalaringizni saqlang, bolalaringizni kuzatib yuring va qorong‘i tushgandan keyin xavfli joylarda qolishdan saqlaning.

Odob-axloq va xulq-atvor qoidalari

Xushmuomala bo‘ling va mahalliy an’analarni hurmat qiling. Ko‘pgina kurort shaharlarida bo‘lgani kabi, narx mavsumga qarab o‘zgarishi mumkin, shuning uchun katta xarid va ekskursiyalar uchun narxni oldindan muhokama qilish tavsiya etiladi.

 

Gelenjikka sayohat – sizga ajoyib tabiat, iliq dengiz va qiziqarli ko‘ngilochar mashg‘ulotlardan ko‘plab yorqin taassurotlar hadya etadi. O‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rsangiz, hech qanday tashvishsiz dam olishingiz va bu maskanning go‘zalliklaridan maksimal darajada bahramand bo‘lishingiz mumkin.