Germaniyada suv ostidan afsonaviy Rungxolt shahri qoldiqlari topildi
Arxeologlar yoʻqolgan Rungxolt shahri xarobalarini topdi. Afsonalarga koʻra, 1362-yildagi toshqin vaqtida shahar suv bosgan. Tarixchilarning fikricha, bu boʻron 25 mingga yaqin odamning hayotiga zomin boʻlgan va bir qator aholi punktlarini vayron qilgan.
Oʻrta asrlardagi aholi punkti Shimoliy Friziyada joylashgan. Endi bu hudud Germaniyaga tegishli hisoblanadi.
Uning shimoliy qirgʻoqlarida sayoz suvda ikki kilometrlik sirli tepaliklar zanjiri topilgan. Maʼlum boʻlishicha, ularning ostida turar-joy binolari vayronalari yashiringan. Bu haqdagi tadqiqot Sciyentific Reports jurnalida chop etildi.
Shuningdek, qazishmalar natijasida chetdan keltirilgan yuqori sifatli buyumlar, jumladan, qoʻrgʻoshinli sirlangan qizil sopol va tosh buyumlar, bronza va jezdan yasalgan qozonlar, qilichlar, ispan-mavr chinni buyumlari topilgan.
Arxeologlar oʻz ishlarida shaharning batafsil xaritasini, jumladan, drenaj ariqlar tarmogʻi, dengiz devori va 64 ta tepalikni taqdim etdi. Bir plato dastlab tadqiqotchilar oʻrtasida savollar tugʻdirdi, biroq keyinchalik ular bu yerda bir paytlar mahalliy cherkov joylashganini aniqladi.