/
/
“Gladiator 2” filmining treyleri eʼlon qilindi
09.07.2024

“Gladiator 2” filmining treyleri eʼlon qilindi

Paramount Pictures kompaniyasi “Gladiator 2” filmining debyut treylerini taqdim etdi. Film xalqaro prokatga 15-noyabr kuni chiqariladi.

“Gladiator 2” filmining treyleri eʼlon qilindi

Syujet Rim imperiyasining sobiq vorisi Lutsiy Ver (Pol Meskal) haqida boʻladi. Qahramon xotini va bolasi bilan Shimoliy Afrikada yashaydi va bir kun Rim armiyasining asiriga aylanadi. Omon qolish uchun u gladiator janglarida qatnashishi kerak.

Filmda, shuningdek, Pedro Paskal, Denzel Vashington, Djozef Kuinn va Konni Nilsen ham suratga tushgan. Ssenariy Devid Skarpa (“Dunyoning barcha pullari”) tomonidan yozilgan. Suratga olish ishlari Marokash va Maltada boʻlib oʻtgan.

Ilk “Gladiator” 2000-yilda namoyish etilgan va butun dunyo boʻylab 460 million dollar daromad keltirgan. Film beshta yoʻnalishda Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan. Jumladan, eng yaxshi film va eng yaxshi aktyor (Rassel Krou) nominatsiyalarida gʻolib boʻlgan.