/
/
Gollivud “Qattiqqoʻl xonim” filmining davomi ustida ishlamoqda
09.07.2024

Gollivud “Qattiqqoʻl xonim” filmining davomi ustida ishlamoqda

Sikvel Disney studiyasi va birinchi qism ssenariy muallifi Aline Brosh MakKenna tomonidan ishlab chiqilmoqda. Syujetga koʻra, Miranda Pristli oʻz karyerasining yakunini va anʼanaviy jurnal biznesining inqirozini boshdan kechirishi tasvirlangan.

Gollivud “Qattiqqoʻl xonim” filmining davomi ustida ishlamoqda

“Puck” portali “Qattiqqoʻl xonim” moda komediyasining navbatdagi qismi ishlanishi haqida xabar berdi. Meril Strip bosh rolga qaytishi kutilmoqda.

Sikvel Disney studiyasi va birinchi qism ssenariy muallifi Alin Brosh MakKenna tomonidan ishlab chiqilmoqda. Syujetga koʻra, Miranda Pristli (Strip) oʻz karyerasining yakunini va anʼanaviy jurnal biznesining inqirozini boshdan kechirishi tasvirlangan. U “Podium” nashrini jonlantirish uchun oʻzining sobiq yordamchisi Emilidan (Emili Blant), hashamatli brendlar guruhining yuqori lavozimli direktoridan reklama yordamini soʻraydi.

Blant ham filmda suratga tushadi. Asl “Xonim” 2006-yilda debyut qilgan va Loren Vaysbergerning shu nomdagi romani asosida yaratilgan. Film “Podium” moda jurnalida amaliyot oʻtayotgan Andrea (Enn Xeteuey) haqida hikoya qiladi. Bir qarashda tajribasiz koʻringan qiz asta-sekin jurnal muharriri, qattiqqoʻl Pristli xonimning marhamatiga sazovor boʻladi. Film butun dunyo boʻylab 326 million dollar yigʻgan.

2013-yilda Vaysberger oʻzining ikkinchi kitobi “Qasos Prada kiyadi” nomli kitobini chiqargan. Strip va Xeteuey avvalroq oʻz qahramonlarini qayta ijro etishni xohlamasligini maʼlum qilgandi.