верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Gonzo G Asxab Tamayevning chaqirigʻini qabul qildi
07.08.2024

Gonzo G Asxab Tamayevning chaqirigʻini qabul qildi

Gonzo G Asxab Tamayevning chaqirigʻini qabul qildi

Gonzo G avtobloger Asxab Tamayevning istalgan mashinasiga qarshi poygada qatnashib, uni yutishini maʼlum qilgan. U hattoki Chevrolet Cobalt ham BMW sportkarlaridan ildamlab ketishiga ishonmoqda.

Taniqli bloger va poygachi Asxab Tamayev Oʻzbekistondagi barcha avtomobil ishqibozlariga murojaat qilib, poygaga chaqirgandi. U oʻz videomurojaatida tez orada mamlakatga tashrif buyurishini va qiziqarli poyga tashkil etish niyatida ekanini aytgan.

Gonzo G nomi bilan tanilgan yana bir mashhur poygachi Tamayevning chaqirigʻini qabul qildi va oʻzi taqdim etgan avtomobillardan birida ishtirok etishini eʼlon qildi: BMW M3 Competition Touring, BMW IX va Cobalt.

“BMW M3 Competition Touring sening BMW M5, Lamborghini Aventador va Rolls-Royce mashinalaringdan ustun turadi”, — dedi Gonzo G va boʻlajak raqobatga intriga va shiddat qoʻshdi.

Undan oldinroq tadbirkor, avtopoygachi Sanjar Karimov ham Asxab Tamayevning chaqirigʻini qabul qilgandi. Oʻz oʻrnida, Tamayev ham unga javob qaytarib, oʻrtaga 1 million dollar tikish orqali poyga tashkil etishga tayyorligini bildirgan.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.