“Google Foto” SI funksiyalari barcha foydalanuvchilar uchun joriy etildi
Aprel oyida Pixel smartfonlarida “Google Foto” deb nomlangan SI funksiyalari paydo boʻlgandi. Sunʼiy intellekt yordamida ishlovchi funksiya endilikda barcha foydalanuvchilar uchun mavjud boʻldi.
Xizmatning sunʼiy intellekt imkoniyatlari roʻyxati toʻrtta funksiyani oʻz ichiga oladi.
Magic Eraser fotosuratlardan kichik obyektlarni olib tashlaydi, Magic Editor esa fotosuratning muhim qismini egallagan obyektlarni olib tashlash, koʻchirish va hatto hajmini oʻzgartirish imkonini beradi.
Photo Unblur loyqa tasvirlarni aniqroq qilishga yordam beradi. Portrait Light fotosuratdagi yorugʻlik manbasining oʻrnini oʻzgartirish va uning intensivligini sozlash imkonini beradi.
SI funksiyalari rasmiy ravishda hamma uchun mavjud boʻlishiga qaramay, hali ham bitta “lekin” tomoni mavjud. Ulardan foydalanish uchun qurilma kamida Android 8 yoki iOS 15 operatsion tizimida ishlashi kerak, shuningdek, 3 GB operativ xotiraga ega boʻlishi kerak.