РУ
O’Z
UZS
/
/
Googleʼning reklama texnologiyalari biznesiga qarshi sud boʻlib oʻtadi
09.09.2024

Googleʼning reklama texnologiyalari biznesiga qarshi sud boʻlib oʻtadi

Googleʼning reklama texnologiyalari biznesiga qarshi sud boʻlib oʻtadi

Kompaniya oʻtgan yili internet foydalanuvchilari koʻrishi mumkin boʻlgan savdo reklamalarini joylashtirish orqali 200 milliard dollardan ortiq daromad olgan.

AQSH hukumati Googleʼning ulkan daromad keltiruvchi reklama texnologiyalari biznesiga qarshi ish boshladi, deb xabar beradi BBC.

Qayd etilishicha, 9-sentyabr kuni Adliya vazirligining dunyoga mashhur qidiruv tizimi — Googleʼga egalik qiluvchi Alphabet INC kompaniyasining bozordagi monopol mavqeyi ishi boʻyicha sud jarayonlari boshlanadi.

Kompaniya oʻtgan yili internet foydalanuvchilari koʻrishi mumkin boʻlgan savdo reklamalarini joylashtirish orqali 200 milliard dollardan ortiq daromad olgan.

Alphabetʼning qayd etishicha, kompaniyaning muvaffaqiyati oʻz xizmatlarining “samaradorligiga” bogʻliq, biroq prokurorlar kompaniya raqobatchilarini yoʻqotish maqsadida bozordagi ustun mavqeyidan foydalanganini taʼkidlamoqda.

“Bu har yili milliardlab dollar keltiradigan haqiqatda muhim yoʻnalish. Oʻylaymanki, bu sud jarayonidan barcha isteʼmolchilar manfaatdor”, — deydi Jorjiya universiteti huquq fakulteti professori Lora Fillips-Soyer.

Bu AQSHdagi texnologik gigant duch kelgan ikkinchi yirik antimonopoliya ishi hisoblanadi. Avgustda sudya Googleʼning qidiruv tizimidagi ustunligini noqonuniy deb topgan edi.

Sud qarorida keltirilishicha, Alphabet INC kompaniyasi boshqa texnologik gigantlarga oʻz qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida oʻrnatilishi uchun 26 milliard dollar toʻlagan, bu orqali kompaniya raqobatchilarining bozorda muvaffaqiyatga erishishiga imkoniyat qoldirmagan.