РУ
O’Z
UZS
/
/
Green Card uchun arizalar qabuli 2-oktyabrdan boshlanadi
30.09.2024

Green Card uchun arizalar qabuli 2-oktyabrdan boshlanadi

Green Card uchun arizalar qabuli 2-oktyabrdan boshlanadi

2-oktyabrdan DV-2026 dasturiga arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati maʼlum qildi.

Dastur doirasida 2026-yil uchun turli millat vakillariga 55 mingtagacha vizalar (DV) ajratiladi. Nomzodlar unda ishtirok etish huquqiga ega mamlakat fuqarolari boʻlishi kerak. Oʻzbekistonliklar dasturda ishtirok eta oladilar.

Bundan tashqari, nomzodlar 12 yillik boshlangʻich va oʻrta taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan, oxirgi besh yilda kamida ikki yillik oʻqish yoki ish bilan band boʻlgan boʻlishi talab qilinadi.

Green Card uchun talabgorlar tasodifiy aniqlanadi. Davlat departamenti mintaqalar oʻrtasida vizalarni teng taqsimlaydi. Hech bir mamlakatga bir yil ichida mavjud DVlarning 7 foizdan koʻprogʻi berilmaydi.

Nomzodlarga ariza yuborishda yangilangan brauzerdan foydalanish tavsiya etiladi, chunki eski brauzerlar (masalan, Internet Explorer 8) onlayn DV-tizimi bilan bogʻliq muammolarga duch kelishi mumkin.