РУ
O’Z
UZS
/
/
“Gucci”ning uyidan Garry Potter kulbasigacha: Airbnb’da ijaraga olish mumkin bo‘lgan kino va seriallardagi 9 ta uy
17.07.2024

“Gucci”ning uyidan Garry Potter kulbasigacha: Airbnb’da ijaraga olish mumkin bo‘lgan kino va seriallardagi 9 ta uy

“Gucci”ning uyidan Garry Potter kulbasigacha: Airbnb’da ijaraga olish mumkin bo‘lgan kino va seriallardagi 9 ta uy

Bu yerda hatto “Oq lotos” serialining ikkinchi mavsumidagi qizlar bazmi uchun uy ham bor! 

Sevimli filmlar va TV-shoularingiz suratga olingan joyda bo‘lishingizni bir tasavvur qiling-a. Bunga erishish mumkin desak-chi? Airbnb ijara xizmati muxlislarga bir kun davomida Barbi yoki Shrekning uyi, Kerri Bredshouning garderobi, shuningdek, “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevinning kottejiga ko‘chib o‘tishni qayta-qayta taklif qilgan. 

Ammo bu ”aksiyalar” misli ko‘rilmagan va qisqa vaqtga edi. Biroq hech tushkunlikka tushmang, axir biz hozirda va uzoq vaqtga ijaraga olish mumkin bo‘lgan kino va seriallardagi uylar hamda kvartiralar tanlovini to‘pladik. Chamadonlaringizni yig‘ishni boshlang! 

AQSh, Vudstok shahridagi “Sug‘ur kuni”dagi uy

Ha, Bill Myureyning qahramoniga hamma narsa takrorlangan uy. Xavotir olmang, har kuni ertalab soat 6 da bir xil budilnik signalini tinglashingiz, zerikarli ishga borishingiz va bir xil odamlar bilan uchrashing shart emas. Ammo yangi tayyorlangan qahva va nonushtaning xushbo‘y iforidan uyg‘onishingiz mumkin (u ham narxga kiritilgan) va kunni o‘z xohishingizga ko‘ra rejalashtirishingiz mumkin. Bu uyda bir kecha tunash 1370 dollarni tashkil qiladi. 

“Toj” serialidagi qasr, Mayorka, Ispaniya

Serialda malika Diananing sevgilisi Muhammad Al Fayedning maskani deb nomlangan quyoshli villa siz va yana 11 ta mehmonga unutilmas dam olish kunlarini bag‘ishlashga tayyor. Dam oluvchilar ixtiyorida 7 ta yotoqxona, 10 ta hammom, spa, suzish havzasi va kechki ziyofatlar uchun ochiq havoda terassalar mavjud. Ammo bunday hashamatli uyda qolishning bir sutkasi 9 ming dollarni tashkil etadi va villani kamida besh kunga ijaraga olishingiz mumkin. 

“Garri Potter”dagi Xagrid kulbasi, Liverton, Angliya

Aniqroq qilib aytganda, "sehrli" franshizadagi o‘rmon uyi nusxasi inglizlarning Liverton qishlog‘ida joylashgan. Unda olti nafargacha mehmon sig‘adi va ular ixtiyorida faqat Wi-Fi, kamin, shamlar va kerosinli lampalar bo‘ladi. Ijara narxi mavsumga bog‘liq: eng arzon sezonda kulbani 250-300 dollarga ijaraga olishingiz mumkin.

 

“Oq lotos” serialidagi villa, Palermo, Italiya

“Oq lotus”ning ikkinchi mavsumida bosh qahramonlar qizlar bazmi uchun hashamatli uyni ijaraga olgani esingizdami? Siz ham buni takroran amalga oshirishingiz mumkin! Baland shiftlar, marmar pollar, san’at buyumlari, bog‘ning o‘rtasida joylashgan “oqqushlar ko‘li” va Sitsiliyaning tarixiy qiymati degan nom sizni shu villada kutmoqda. 

“Yevaning o‘ldirilishi” serialidagi uy, Barselona, Ispaniya

“Yevaning o‘ldirilishi” serialining uchinchi mavsumida yollanma ishchi Villanell qochib ketgan joy, saytda negadir “me’morlar xonadoni” deb nomlanadi. Bu uyda ustunlari bo‘lgan ulkan zal, ganch bilan bezatilgan ko‘plab yotoqxonalar, xususiy basseyn, bog‘ bor va u zo‘r joyda – Gracia tumanida joylshgan. Unda bir kecha tunash 420 dollar turadi, ammo siz uyni  faqat ikki kun yoki undan ko‘proq muddatga ijaraga olishingiz mumkin. 

“Gucci uyi” filmidagi villa, Komo ko‘li, Italiya

“Gucci uyi” filmining premyerasidan so‘ng modachilar va kino ihlosmandlari orzusi ro‘yobga chiqdi. Komo ko‘lining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan hashamatli villa, jahon san’at asarlari, vintaj mebellar, antikvar narsalar va Italiyaning boshqa xazinalari bilan to‘ldirilgan. Unda siz unutilmas to‘y marosimini o‘tkazishingiz mumkin. Aytishlaricha, Al Pacino filmining bosh rolni o‘ynagan aktyorlaridan biri uyni sotib olmoqchi bo‘lgan. 

“Uzuklar hukmdori”dagi Hobbitning uyi, Yangi Zelandiya

Sayyohlarga aynan shu “Hobbiton” qishlog‘ning uylaridan birida yashash va kichik ertak jonzoti sifatida yashab ko‘rish imkoni taklif qilinadi. O‘ylashimizcha, ular yomon yashamagan, chunki bu uylarda yotoqxona, hammom, oshxona, kaminli mehmonxona va hatto o‘z verandasi mavjud. Manzara esa so‘z bilan ta’riflab bo‘lmas darajada juda go‘zal. 

“Sumerki”dagi kottej, Oregon shtati, AQSh

“Sumerki”ning birinchi qismidagi Bellaning kotteji Muqaddas-Yelena orolida joylashgan bo‘lib, ko‘p yillik vaqt (u 30-yillarda qurilgan) va tashrif buyuruvchi-muxlislar bilan eskirgan. Shunga qaramay, u hanuz mashhurligini yo'qotmagan. Unda bir kecha tunash narxi 300 dollardan boshlanadi, shu bilan mavsumga va egalarining kayfiyatiga ko‘ra ortib boradi. Aytgancha, ular juda qa’iy va o‘zlarining qoidalar to‘plami bor: masalan, uyda bazmlar tashkil qilish mumkin emas. 

“Qasoskorlar” filmidagi uy, Jorjiya, AQSh

“Qasoskorlar” va “Temir odam”ning muxlislariga aniq yoqadigan Toni Starkning uyi ham ijaraga beriladi. “Marvel”ning mashhur qahramonining uyida bir kecha qolish 800 dollar turadi. Ammo qo‘rqmang, fotosuratda kamtarona ko‘rinishiga qaramay, uyning ichki qismi “superqahramon”larbop (shaxsiy sohil va perimetr bo‘ylab kuzatuv kameralari) qilingan. Unda oddiy quvonch keltiruvchi narsalar ham bor – internet, texnikalar, barbekyu zonasi, qahva mashinasi hamda tinch va sokin hayotni istaganlar uchun yana ko‘pgina boshqa narsalar.